Ta`limning fanga yo‟naltirilgan texnologiyasi. Reja


Munosabat turlari. Ilmiy tajribani o„rganish bo„yicha klassifikatsiyalash



Yüklə 20,51 Kb.
səhifə2/3
tarix14.12.2023
ölçüsü20,51 Kb.
#176905
1   2   3
Ta`limning fanga yo‟naltirilgan texnologiyasi-fayllar.org

Munosabat turlari. Ilmiy tajribani o„rganish bo„yicha klassifikatsiyalash 
Pedagogik jarayonni tashkil etishda talabaning va o‗qituvchining munosabati 
ham turlicha bo‗lishi mumkin. Bu munosabatni qo‗yidagi turlarini ajratish
mumkin:
1. Avtoritar texnologiyalar. O‗qituvchi asosiy sub'ekt boshqaruvchi, talab
qiluvchi, yetaklovchi sifatida maydonga chiqadi. Talaba shaxsi esa tobe bulib
barcha talablarni bajarishi kerak. Bunda talabaning qiziqishlari va ehtiyojlari
ta'limni tashkil etish jarayonida e'tiborga olinmaydi. U bajaruvchi sifatida 
maydonga chiqadi.
2. Didaktik markazlashgan texnologiya. Bu texnologiya markazida ta'lim
jarayoni turadi va ta'lim jarayoni tarbiyadan ustun qo‗yiladi. Aynan didaktik
vosita yordamida shaxsni shakllantirish maqsad qilib qo‗yiladi. Bunda o‗qituvchi 
yetaklovchi sifatida maydonga chiqadi. Ikki tomon ham (o‗qituvchi va talaba) bir
xil pozitsiyani egallaydi. Asosiy maqsad ta'lim olish va tomonlar hamkorlikda ish 
olib boradilar.
3. Shaxsga yo„naltirilgan texnologiyalar. Ta'lim tizimining markazida
talaba shaxsi turadi. Talabaning rivojlanishiga so\lom psixologik muhitni tashkil
qilish, nizo va inqirozlardan asrash, tabiiy imkoniyatlarini rivojlantirish
qobiliyatini o‗stirishga qaratilgan. Bu yo‗nalishni to‗rt guruhga bo‗lish mumkin:
a) Insoniy texnologiyalar (Gumanno-lichnostyu texnologii). Bu texnologiya 
o‗zining insoniyligi bilan, psixoterapevtik yo‗nalishi bilan ajralib turadi. Ushbu
texnologiyaning mazmuni talaba shaxsini har tomonlama qo‗llab-quvvatlash va 
talabani ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishdir. Talabaga nisbatan hurmat va mehr
bilan qarash va majburiylikdan voz kechishdan iboratdir.
b) Hamkorlik texnologiyasi. Bu texnologiya demokratiya, hamkorlik, tenglik
kabi \oyalar asosida qurilgan. O‗qituvchi v talaba orasidagi munosabatlar sub'ekt -
sub'ekt sifatida qaraladi. Birgalikda ta'lim jarayoni tashkil etiladi va birgalikda ijod
etiladi. 
v) Erkin tarbiya texnologiyasi. Talabaga tanlash, mustaqillik erkinligi beriladi.
Talaba o‗zi tanlagan vosita va mazmunni to‗liq qabul qiladi, hamda bu faoliyatni 
xoxish bilan bajaradi. Ichki extiyoj bilan uy\unlik hosil bo‗ladi.
g) Ezoterik texnologiya. Ezoterik bilimlar (ongdan tashqari) qonuniyatlarni 
o‗rganish orqali haqiqatga yaqinlashish nazarda tutiladi.
Ilmiy tajribani o‗rganish bo‗yicha: Geshtalt texnologiya, Bixeivioristik 

rivojlantiruvchi kabi texnologiyalarni ajratish mumkin. Bixeivioristik texnologiya


– (E. Torondayk, D. Uotson, V.S. Dinner va boshqalar) bu nazariyaning umumiy 
ko‗rinishi quyidagicha: Stimul-reaksiya-mustahkamlash. Stimul – qo‗z\atuvchi,
reaksiya – faoliyat, mustahkamlash – baholash va ra\batlantirish. Ular o‗zlashtirish 
mexanizmi mana shu ko‗rinishda vujudga keladi degan fikrni oldinga tashlaydi.
Bunda talabaning munosabati va hissiyotlari hisobga olinmaydi va talabaning 
onglilik masalasiga kam e'tibor qaratiladi.
33

Geshtalt texnologiya – (M. Vetmeymer, G. Myuller, V.Keler) talabaning qabul 


qilishiga, idrok qilish refleksini o‗rganishga asoslangan, yangi mavzuni
o‗zlashtirish yorqin fragmentlardan va yakuniy fikrlardan tashkil topish nazarda 
tutiladi. Idrok va diqqatga qaratilgan texnologiyalardir. Talabaning qabul qilish
xususiyatlarini va diqqatning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda
o‗zlashtirish jarayonini tashkil etish zarur ekanligini ta'kidlaydi va shu asosda
o‗zlashtirish texnologiyalarini yaratadi. 
3. Rivojlantiruvchi texnologiya. V.V. Davidov, D. B. Elkonin \oyasi.
Asosiy mazmuni - nazariyaning amaliyotdan ustunligi va mazmuniy 
umumlashtirishlardan
foydalanish, 
mantiqiy
bo\liqliklar 
va
guruhlash 

sistemalashtirishdir. Umumiydan yakkaga qarab harakatlanish. Mavjud bilimlardan


yangi bilimlarga qarab harakat qilish, ya'ni bor bo‗lgan assotsiatsiyalar asosida 
yangi assotsiatsiyalarni vujudga keltirishni nazarda tutadi. Talabaning tushunishi
oson bo‗lgan bilimlardan uzoqroq va murakkabroq bilimlarga qarab 
xarakatlanishni tavsiya etadilar (oblast blijayshego razvitiya). Soddadan
murakkabga qarab izchil rivojlanish o‗zaro bo\liqliklarga amal qilish talab etiladi.
4. Suggestiv texnologiya. Emotsional, yorqin taasurot, ishontirish, qiziqtirishga
yunaltirilgan. Talaffuz, mimika, gipnoz, avtoritetdan foydalanish kabilarga 
asoslanadi. His–tuy\ularni uy\otishga qaratilgan. O‗zlashtirish jarayonida
insonning nafaqat ongi, balki his-tuy\ulari ham ishtirok etishini va o‗zlashtirish 
jarayonida hissiyotlarni uy\otish bilimlarning faqat ong bilan emas, balki qalb bilan
ham anglab yetishiga yordam berishini ta'kidlaydilar. Faqat ong bilan qabul 
qilingan bilimlar quruq va yuzaki bo‗ladi degan fikrlar asosida o‗zlarining
o‗zlashtirish texnologiyalarini yaratadilar. Ular har bir yangi mavzuni 
o‗zlashtirishda obrazlardan foydalanish, hissiyotlarni uy\otish va har bir talaba ana
shu hislarni sezishini ta'minlashga e'tibor beradilar. 

Yüklə 20,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin