Ta`limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi



Yüklə 43,5 Kb.
tarix09.04.2023
ölçüsü43,5 Kb.
#95278
kasrni bolish 5 sinf


Mavzu: O`nli kasrga bo`lish
Darsning ta`limiy maqsadlari:
1.Ta`limiy maqsadi: O`quvchilarda o`nli kasrlar yechishga oid bilim va ko`nikma hosil qilish.
2.Tarbiyaviy maqsadi: O`quvchilarni dunyoqarashini kengaytirish aqliy rivojlantirishga yordam berish.
3.Amaliy rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning mustaqillik topqirlik xislatlarini o`stirish.
Darsning turi: Noananaviy dars
Darsning uslubi: Musobaqa o`yin
Darsning jihozi: Matematik abak,tarqatma,matematik klas,ko`pxonali sonlar yozilgan plakatlar.
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism
O`qituvchi: Sozlarning eng shirini
Ochiq aytay sirini
Odob bo`g`in sharbatin
Qalb gavharin qimmatin
Qo`l berib shu so`z bilan
Dillar qulfin ochamiz
Aql nurin sochamiz
Qaysi shirin so`z ekan?
O`quvchi: Assalom_u alaykum.
O`qituvchi: Bir haftada yetti kun
Yeti kun_u yetti tun
To`g`ri ayting bolalar
Ayting bu kun qaysi kun?
O`quvchi: Juma
O`qituvchi: Qani bolajonlarim
Mehri qaynoq buloqlarim
Bugun hamma sog`lommi?
Darsga hamma tayyormi?
O`quvchi: Ustoz bizlar sog`lommiz
Darsimizga tayyormiz
O`qituvchi: Bizning shiorimiz
O`quvchi: Matematika kerak
Har bir o`g`il va qizga
Aqlni va fikrni
Soladi yaxshi izga
O`qituvchi: Aziz o`quvchilar siz o`tmishni buyuk xalqning farzandisiz,ota-bobolaringiz bilan faxrlaningiz,ularni dunyo ma`rifatiga qo`shgan javohirlari bilan g`ururlansangiz arziydi.
Matematika fanini rivojlanishiga hissalarini qo`shgan allomalardan kimlarini bilasiz?
O`quvchi: al-Xorazmiy, al-Beruniy, al-Farg`oniy. Mirzo Ulug`bek
II. Uyga vazifani tahlili: O`tilgan mavzuni so`rash. Uyga berilgan misollarni yechilishini tekshirish va ular bilan birga tahlil qilish.
III. Darsning bayoni: Yangi mavzuni e`lon qilib mavzuni yozuv taxtasiga yozib qo`yaman.Keyin mavzuni o`quvchilarga tushuntiraman.
1.Mavzu bayoni.
Sonni o’nli kasrga bo’lish uchun
- bo’luvchida verguldan keyin nechta raqam bo’lsa, bo’linuvchida ham bo’luvchida ham vergul o’shancha xona o’ngga suriladi;
- so’ng bo’lish o’nli kasrni natural songa bo’lgan kabi amalga oshiriladi.

1-misol. 19.376ni 3.46 ga bo’laylik .


Bo’luvchi 3.46 da verguldan keyin 2 ta raqam bor. Shuning uchun bo’luvchi 19.376da ham, bo’luvchi 3.46 da ham vergulni o’ngga 2 honaga suramiz. Natijada, 1937,6 va 346 sonlarini hosil qilamiz. O’nli natural songa bo’lish holiga keldik. Bo’lishni bajarib 1937,6/346=5.6 ekanligini topamiz. Demak 19.376 ning 3.46 ga bo`linmasi ham 5.6 ga teng bo`ladi: 19.376/3.46=5.6 javob:5.6
2-misol. 5.248 ni 0.01 ga bo`laylik.
Bo`linuvchi 55.248 da ham, bo`luvchi 0.01 da ham vergulni 2 hona o`nga surib,524.8/1=524.8 ni hosil qilamiz. Demak, 5.248/0.01=524.8 javob 524.8 bundan quyidagi qoidaga kelamiz.
O`nli kasr hamda 0.1;0.01;0.001. va hokazo (bir nechta nollar va birdan iborat) sonlarning bo`linmasini topish uchun o`nli kasrdagi vergulni bu sonlarda birdan oldin nechta nol turgan bo`lsa, o`shancha xona o`nga surish kifoya.
Agar nollar yetishmasa oldin o`nli kasr oxirigacha keragicha nollarni yozish kerak bo`ladi. Masalan, 39.12/0.0001=39.1200/0.0001=391200.
O`nli kasrni 0.1; 0.01; 0.001; va hokazo sonlarga bo`lish –uni mos ravishda 10.100.1000 va hokazo sonlarga ko`paytirish demakdir va aksincha, o`nli kasrni 10,100,1000 va hokazo sonlarga bo`lish –uni mos ravishda 0.1; 0.01; 0.001 va hokazo sonlarga ko`paytirish demakdir.

3-misol Bo`lishni bajaring:


a) 17.4 /0.6=
b) 30.6/0.9=
d) 17.28/7.2=
e)4.95/1.5=
f)0.343/0.7=
g)1.624/5.6=
Sinfdagi o`quvchilarni 3 guruhga ajrataman va darsni musobaqa qilib o`tkazaman.
1-guruh Epchillar
2-guruh Zukkolar
3-guruh Bilimdonlar


1-shart. Darslikda berilgan 3 misolga har guruhdan bitta o`quvchilarni chiqarib bittadan misol yechtiraman.Qaysi guruh a`zosi oldin va to`g`ri ishlasa o`z guruhidan 2-o`quvchini chiqaradi 2ta misolni to`g`ri va oldin ishlasa o`z guruhidan 2-o`quvchini chiqaradi.2ta misolni to`g`ri va oldin bajarsa guruhiga rag`batlantiruvchi geometrik shakllarni beraman.
1-bo`lgan guruhga beshburchak
2-bo`lgan guruhga to`rtburchak
3-bo`lgan guruhga uchburchak
2-shart.Dam olish daqiqasi
Bu shartda “Klaster” usulidan foydalanaman.Bunda 3 ta guruhning har biriga turli o`lchov birliklarini topib qo`yishi so`raladi.

Shart bajarilgandan keyin o`quvchilarni rag`batlantiraman.


Har bir guruhning yig`gan ballarini hisoblab g`olib guruhni aniqlayman.
Keyin o`quvchilarni baholab quyidagi misralarni keltiraman.
Matematika fani yuksalmoqda kun sayin,
Bo`limlari hilma-hil, qay birini aytayin.
Qancha-qancha muammo hal etilgan ushbu on,
Kompitur savodi quloch yoymoqda chunon.
Matematika fani go`zallikka boy juda,
Go`zal yechim,go`zal son,go`zal chizma serjilo.
Boshqotirgich hammani aqlini peshlasa gar,
Topishmoqli misollar o`ylashga majbur etar.
IV.Dars yakuni Uyga vazifa: 6-misol.
Yüklə 43,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin