2-Mavzu: O’qishdan umumlashtiruvchi, takrorlovchi darslarni noananaviy shaklda tashkil etish. Dars ishlanma Mavzu: Takrorlash va umumlashtirish. Maqsad: Ta’limiy
2-Mavzu: O’qishdan umumlashtiruvchi, takrorlovchi darslarni noananaviy shaklda tashkil etish.
Dars ishlanma
Mavzu: Takrorlash va umumlashtirish. Maqsad: Ta’limiy: O'quvchilarning tabiatdagi narsa va hodisalar haqidagi tasavvurlarini boyitish. Tarbiyaviy: ularni asrab-avaylashga, himoya qilishga o'rgatish. Ona tabiatga mehr-muhabbatlarini yanada oshirish. Rivojlantiruvchi: O`quvchilar dunyoqarashini kengaytirish Kommunikativ kompetensiya:
muloqotga kirishish uchun zarur bo‘ladigan og‘zaki nutqni o‘zlashtirish, jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalariga oid tayanch so‘z va atamalarning ma’nosini aytib bera olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
mavzuga doir ma’lumotlarni kompyuter va boshqa manbalardan izlab topib, ulardan samarali foydalana olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
dunyoqarash va tafakkurini mustaqil ravishda o‘stirib borish, atrofidagi tabiat manzaralarini estetik his etish, sportning yoshiga mos turi bilan shug‘ullanish, o‘zini tuta olish, to‘g‘riso‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; farzandlik va o‘quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish, sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrab-avaylash.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
o‘zi yashaydigan o‘lkaning tabiati, tarixiy obidalari haqida bilish; uyi, maktabi, turar joyini qadrlash; do‘stlari, yaqinlari va atrofdagilarga mehribon bo‘lish.
Dars turi : Yangi bilim beruvchi Dars uslubi: Suhbat ,savol-javob Dars jihozi: Mavzuga mos rasmlar, didaktik materiallar Darsning borishi:
Dars elementlari
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
Davomiyligi
|
3
|
5
|
15
|
15
|
5
|
2
|
I.Salomlashish. Davomatni aniqlash. O`quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish. II.O`tilgan mavzu yuzasidan o`quvchilarni bilimlarini savol-javob orqali so`rab bilish. III. O`tilganlarni takrorlash.O`quvchilatni 3 guruhga bo`lib, har bir guruh uchun alohidadan topshiriqlar beriladi. 1-topshiriq.Harflarni o`z o`rniga qo`yib,katakchalarda yashiringan hayvon va qush nomlarini toping.
R
|
U
|
B
|
G
|
T
|
U
|
Y
|
A
|
R
|
J
|
N
|
O
|
K
|
A
|
L
|
Y
|
L
|
A
|
N
|
O
|
Q
|
O
|
L
|
P
|
2-topshiriq.Har bir guruh uchun tarmoqlashga so`z beriladi:”Uy hayvonlari””Yovvoyi hayvonlar”,”Suvda yashaydigam hayvonlar”
\
3-topshiriq.Erkin mavzu .Bu shartd o`quvchilar ixtiyoriy mavzuda sahna asari,raqs yoki qo`shiq aytishlari mumkin.
IV. Darsni mustahkamlash va baholash.
Dars so`ngida oquvchilarning olgan ballari umumlashtirilib,o`rinlar taqsimlanadi. V. Uyga vazifa:
O`tilgan mavzular o`qib,savollarga javob yozib kelish MRO’TIBO’________
http://fayllar.org
Dostları ilə paylaş: |