№15 9
Xo‘llamaudigan suyuqliklarda esa burchak π/2 dan katta bo‘ladi
a)
b)
Xo‘llash va xo‘llamaslik xodisalari turmush va texnikada juda katta axmiyatga
ega. Agar suv bizning tanamizni xo‘llamaganda edi, dushda cho‘milish befoyda
bo‘lar edi. Yaxshi xo‘llanishni, masalan bo‘yashda va artishda, payvandlashda,
oqartirish va boshqa texnologik jarayonlarda kuzatiladi. Aksincha, gidroizolyatsion
inshoot ko‘rilayotganda suv bilan xo‘llanmaydigan modda zarur bo‘ladi. Bizning
xayotimizda suyuqlikning ingichka naycha bo‘ylab ko‘tarilishi katta axamiyatga ega.
Bunday naychalarni kapillyar naychalar yoki kapillyarlar (lotincha “kapillya”-soch
tolasi degan ma’noni bildiradi) deb ataladi.
Kapilyarlarda suyuqliklar sirti yarim sfera shakliga ega bo‘ladi. F
s
sirt tarnglik
kuchi kapilyarning ichki aylanasining uzunligi
ga teng bo‘lib, sirt tarnglik
kuchi quydagiga teng bo‘ladi:
Bu yerda sirt taranglik koeffisiyenti
Suyuqliklarning kapilyar bo‘lab ko‘tarilishi suyuqlikning sirt tarnglik kuchi
kapilyarda suyuqlik ustunining balandligiga teng bo‘ladi:
Bu yerdan
ekanligidan
Bu formula xo‘llovchi suyuqliklarda suyuqlikning kapillyarda ko‘tarilish
balandligini, xo‘llamaydigan suyuqliklarning esa pasayish chuqurligini ifodalaydi.
Demak, kapillyarda suyuqlikning ko‘tarilishi yoki tushish balandligi, uning sirt
tarnglik koeffitsientiga to‘g‘ri, suyuqlik zichligi bilan kapillyarning radiusiga teskari
proporsional ekan.
Kapillyar xodisalar tabiat va texnikada katta rol o‘ynaydi.