№15
10
Oziqlantiruvchi eritma o‘simliklarning poyasi va tanasi bo‘yicha
kapillyar xodisalar
bo‘ylab ko‘tariladi: eritma o‘simlik xujayralarining devorlaridan xosil bo‘lgan
ingichka kapillyar naychalar orqali ko‘tariladi. Tuproq kapilyarlari bo‘ylab suv
chuqurlikdagi qatlamlardan yuqori qatlamlarga ko‘tariladi. Tuproq kapillyarlarining
diametrlarining zichlash yo‘li
bilan kuchaytirib, tuproq sirtiga, ya’ni bug‘lanish
soxasiga oqayotgan
suvni kuchaytirish mumkin; bu bilan tuproqning qurishi
tezlashadi. Aksincha, tuproq sirtini yumshatib va shu yo‘l bilan tuproq kapilyarlarini
buzib, suvni bug‘lanish soxasiga qarab oqishini kamaytirish va tuproqning qo‘rishini
sekinlashtirish mumkin. Tuproqdagi suv rejimini tartibga solib turishning agrotexnik
tabbirlari – zichlash va boronalash shunga asoslangandir. Bino devorlariga kapillyar
kanallari bo‘ylab sizot suv ko‘tariladi; plik kapillyari bo‘ylab
moylovchi modda
ko‘tariladi; bosma qog‘oz va shu kabilardan foydalanishi xam kapilyarlik xodisasiga
asoslangan. Choyni qand bilan ichayotganingizda quydagi xodisaga e’tibor
berganmisiz? Agar qandning bir uchi piyoladagi choyga tekizib turilsa, choy qandga
shimila boshlaydi. Qandning yuqori qismi choyga tegmasa xam ho‘llanib qoladi.
Qand choyni shimishiga sabab kapilyarlik xodisasidir. Butun tana bo`ylab qon
tomirlari o`tkazilgan. Tuzilishi bo`yicha ular bir xil emas. Arteriyalar – bu qonni
yurakdan tashuvchi tomirlar.
Ular zich, elastik devorlarga ega bo`lib, ularning
tarkibiga silliq mushaklar kiradi. Qisqarish natijasida yurak arteriyalarga katta bosim
ostida qonni chiqaradi. Arteriya devorlarining mustahkamligi
va elastikligi uchun u
bunday bosimga dosh bera oladi
Katta arteriyalar yurakdan uzoqlashishi bilan tarmoqlanadi.
Eng kichik
arteriyalar ingichka kapillyarlarga bo`linadi. Ularning bevorlari yassi hujayralar bilan
yaxlit bitta qatlamidan tashkil topgan. Qon plazmasida erigan moddalar kapillyar
devorlari orqali o`tib hujayralarga borib tushadi. Odam organizmida taxminan 150
mlrd kapilyarlar mavjud bor. Agar barcha kapillyarlarni bitta chiziqqa joylashtirsak, u
bilan yer ekvayorini 2, 5 marta aylantiribchiqish mumkin ekan. Qon vena tomirlarida
to`planadi va yurakka tomon harakatlanadi.
Xullosa qilib aytadigan bo‘lsak Xo‘llovchi va xo‘llamaydigan
suyuqliklar,
turmushda va texnikada kapillyar xodisalar inson xayotida tutagan o‘rni va axmiyati
juda xam muxim xisoblanadi
Foydalanilgan adabiyotlar :
1.
M.
O‘lmasova “Mexanika va molekulyar fizika” Toshkent.
“O‘qituvchi”200 4 y.
2.
A. V. Pyorishkin, N. A. Rodina “Fizika” 9-sinf. Toshkent.
“O‘qituvchi”1984 y.
3.
R. Xabibullaev, A. Boybodoev “Fizika” 9-sinf. Toshkent. “G‘ofur
G‘ulom” 2019 y.
4.
A. N. Remizov “Tibbiy va biologik fizika” Toshkent. Ibn Sino. 1992 y.