Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 68 maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rivojlantirsh yangi o‘zbekiston timsolida


Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix31.03.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#92042
1   2   3   4
maktabgacha-ta-lim-tashkilotlarini-rivojlantirsh-yangi-o-zbekiston-timsolida

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 
69 
pedagogikaning umumiy asoslari, uning ilmiy-tadqiqod metodlari, maqsad va 
vazifalari, maktabgacha ta’lim didaktikasi, O‘zbekistonda maktabgacha ta'limning 
vujudga kelishi, rivojlanishining asosiy bosqichlari, ta’lim sohasi bo‘yicha qabul 
qilingan huquqiy-me’yoriy qonun hujjatlari, maktabgacha yoshdagi bolalarni har 
tamonlama tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlar, shakl va usullari, bolalarni 
maktab ta'limiga tayyorlashning nazariy asoslari, oila, maktab va maktabgacha ta'lim 
muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari, turli xil maktabgacha ta'lim muassasalari 
ishini tashkil etish, ularga rahbarlik qilish va maktabgacha ta'lim tizimi tomonidan 
nazorat qilish kabi masalalar tahliliga qaratilgan 
Maktabgacha ta’lim muassasasi uzluksiz ta'lim tizimining birinchi bosqichi, 
jamiyatning eng muhim ijtimoiy zaminidir. Maktabgacha ta'lim muassasi bolalarni 
tarbiyalash va rivojlantirish, ularni maktabga tayyorlashda yetakchi o‘rin tutadi. 
Barcha turdagi maktabgacha ta'lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “2017 - 2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada 
takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son 
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tashkil etiladi. Davlat 
maktabgacha ta'lim muassasasida ta’lim mazmuni maktabgacha ta'limga qo‘yiladigan 
davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha 
ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan 
belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish tartibi va bolalarning 
ushbu muassasada bo‘lish vaqti davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ustavi va 
muassisning qarori bilan belgilanadi. 
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida besh kunlik ish haftasi uchun, qoida 
tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi: 12 soatli; 10,5 soatli; 9 soatli; 4 soatli. 
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi joylashgan hududda yashaydigan aholi 
talablaridan kelib chiqib, davlat maktabgacha ta'lim muassasasida yoki uning alohida 
guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin. 
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida ovqatlanishni tashkil etish ushbu 
muassasa zimmasiga yuklatiladi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena 
normativlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish davlat 
maktabgacha ta'lim muassasasining tibbiyot xodimlari va ushbu muassasaga 
belgilangan tartibda biriktirilgan hududiy sog‘liqni saqlash organlarining tibbiyot 
xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiyot xodimlari davlat maktabgacha ta'lim 
muassasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog‘lig‘i va jismoniy 
rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi, sanitariya qoidalari, 
normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi 
uchun mas'uldirlar. Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning hayotini 
muhofaza qilish va sog‘Iig‘ini mustahkamlashni tashkil etish tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin