Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 68 maktabgacha ta’lim tashkilotlarini rivojlantirsh yangi o‘zbekiston timsolida


Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix31.03.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#92042
1   2   3   4
maktabgacha-ta-lim-tashkilotlarini-rivojlantirsh-yangi-o-zbekiston-timsolida

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 
70 
belgilanadi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining tibbiyot xodimlari faoliyatini 
nazorat qilish hududiy sog‘liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimining 
faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (alohida xizmat xonasi, mebel va 
tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar) 
yaratib beriladi. Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi tibbiyot xodimlarining 
malakasini oshirish sog‘liqni saqlash tizimidagi malaka oshirish muassasalarida har 
uch yilda kamida bir marta bepul amalga oshiriladi. 
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va 
har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va 
tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning 
samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. 
Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun 
yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari sonini 
yanada oshirish va ular ko‘rsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun 
mustahkam poydevor bo‘ldi. Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning 
maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini 
zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish, sohaga 
malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini 
ko‘rsatmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning 
sifatli maktabgacha ta’limdan teng foydalanishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim 
xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini 
boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-son qaroriga 
muvofiq: Quyidagilar, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-
yilgacha 
rivojlantirish 
konsepsiyasi 
quyidagilarni 
nazarda 
tutgan 
holda 
Konsepsiyaning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi: maktabgacha ta’lim sohasidagi 
normativ-huquqiy 
bazani 
yanada 
takomillashtirish; 
maktabgacha 
yoshdagi 
bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi 
uchun shart-sharoitlar yaratish; bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan 
qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur 
sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish; maktabgacha ta’lim tizimiga 
innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy 
etish; maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha 
ta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish shaffofligi va samaradorligini 
ta’minlash; maktabgacha ta’lim tizimiga maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini 
tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga 
mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish; maktabgacha ta’lim muassasalarida 
bolalarning sog‘lom va balanslashtirilgan ovqatlanishini, sifatli tibbiy parvarishini 



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin