O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI TIZIMI RAHBAR VA MUTAXASSIS XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
“XALQ TA’LIMI SOHASIDAGI MENEJERLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH KURSIDA”
“Umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari”
MALAKA ISHI
Mavzu
Boshqaruv psixologiyaning metodlari va ularni qo’llash yo’llari
Farg’ona viloyatiti , Rishton tumani xalq ta’limi bo’limi 39-umumiy o’rta ta’lim maktabi
Tinglovchi FISH
Turg’unov Zokirjon Hojimamatovich
2020 yil, sentabr KIRISH "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ning maqsad va vazifalari, davlatimizning bu borada amalga oshirayotgan siyosati zamonaviy kadrlar tayyorlash tizimining tashkil qilishga yo’naltirilgan, Respublikamizdagi uzluksiz ta'lim tizimi strategiyasi, taraqqiyoti, xalqimizning boy ma'naviy merosi va umuminsoniy qadriyatlari, madaniyat, iqtisod, fan- texnika va texnologiyalarda erishilgan yutuqlari negizida barcha davlat tuzilmalari va jamiyat tashkilotlari oldiga oliy pedagogik maktablar shuningdek, psixologiya fanlarining ham pedagogik kadrlar tayyorlash tizimi va ta'lim islohatlarini hayotga tadbiq etishni jonlantiruvchi asosiy vazifalarini belgilab bergan.
Aynan mazkur masalalarni keng doirada tadbiq qilish zamon talablariga javob bera oladigan, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iboratdir. Albatta buning uchun insonlar psixologiyasini bilish, ularda kechadigan psixologik o’zgarishlarni anglagan holda yondashishni talab qilmoqda. Bu jarayonda o’z navbatida psixologik bilimlarga bo’lgan ehtiyojni ortib borishini ko’rishimiz mumkin. Chunki insonlar haqidagi bilmlarni qo’lga kiritish uchun avvalo psixologik bilimlardan xabardor bo’lishi lozim. Shu bois yozilgan darslik shaxs psixologiyasiga doir dastlabki bilim, ko’nikma va malakalarni tushuncha va tasavvurlarni hosil qilishga yordam beradi.
Inson psixologiyasini bilish asosida shaxsni shakllantirishga, uning ijtimoiy taraqqiyotini ta'minlashga jiddiy e'tibor qaratish mamlakatimiz taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.Ayniqsa respublika mustaqillikka erishgandan so’ng psixologiya fanlariga e'tiborning kuchayishi bu boradagi ishlarni rivojlanishiga turtki bo’ldi.