Ta’lim muassasalarida sport ishlarida sport turlaridan sport mahoratini oshirish mashg’ulotlarini rejalashtirish



Yüklə 52,59 Kb.
səhifə1/6
tarix21.05.2023
ölçüsü52,59 Kb.
#118521
  1   2   3   4   5   6
Achilov Asadbek (2)


O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fAN VA INNOVATSIYALAR vazirligi

Ajiniyaz nomidagi nukus davlat pedogogika instituti

ELLIKQALA PEDOGOGIKA fakulteti

JISMONIY TARBIYA YO’NALISHI

4-KURS TALABASI
Achilov Asadbekning
______________________________________fanidan
KURS ishi
Mavzu: Ta‘lim muassasalarida sport ishlarida sport turlaridan sport mahoratini oshirish mashg‘ulotlarini rejalashtirish

Qabul qildi: Ataxonav Azamat


BO’STON-2023


MUNDARIJA
KIRISH
I-BOB. TA’LIM MUASSASALARIDA SPORT ISHLARIDA SPORT TURLARIDAN SPORT MAHORATINI OSHIRISH MASHG’ULOTLARINI REJALASHTIRISH

    1. Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy tayyorgarliklarini tashkil etish.

    2. Sport maxoratini oshirish mashg’ulotlatlarni rejalashtirish.

II-BOB. TA’LIM MUASSASALARIDA SPORT ISHLARINI REJALASHTIRISHNING O’ZIGA XOSLIGI
1.2. Ta’lim muassasalarida sport ishlarini olib borish.
2.2.Jismoniy tarbiya va sport mutaxassisi kasbiy malakasini
oshirish talablari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Jismoniy tarbiya sohasida ma’ruzalar sport turlari va jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari hamda jismoniy tarbiya uslubiyoti fanlaridan olib boriladi. Xususan jismoniy tarbiya va sportning tarixi, jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari va jismoniy tarbiya uslubiyoti hamda sport trenirovkasi jarayonining qonuniyatlari, jismoniy tarbiyada ta’lim va tarbiya, harakatlarga o‘rgatish, umumiy va maxsus tayyorgarlik jarayonlari tahlil etiladi.
Oliy ta’limda ma’ruzani quyidagi turlaridan foydalaniladi: akademik ma’ruza, ma’ruza-hikoya, ma’ruza-suhbat, ma’ruza-munozara, ommaviy ma’ruza va muammoli ma’ruza. Bu ma’ruzalar yozma shaklda ifoda etiladi.
Buning uchun ma’ruzachida reja va bayonnoma bo‘lishi lozim. Ayniqsa, ma’ruzada ishlatiladigan izohlar, ko‘chirmalar, ma’lumotlar, misollar uchun yozma ravishda alohida kartochkalar tayyorlangan bo‘ladi. O‘qituvchi ma’ruza o‘qir ekan, talabalarga mavjud materiallarni etkazish bilan birga, ularga ba’zi vazifalarni berib, kutubxona, laboratoriya va arxivlarda ishlash uchun yo‘llanma berishi ham kerak. Talabalarga ma’ruza o‘qish va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda Oliy ta’lim hayotidagi tajriba ham nazariy, ham amaliy jihatdan umumlashtirib borilmoqda.
Seminarlar o‘zlashtirilayotgan yangi materiallarning bir qismi talabalar tomonidan qanday o‘zlashtirilishini tekshirib ko‘rish maqsadida o‘tkaziladigan dars shaklidir. Seminar mashg‘ulotlari ma’ruza uslubi orqali berilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va mustahkamlash maqsadida barcha ijtimoiy fanlar uchun tadbiq etiladi. Seminar mashg‘ulotlari, odatda ma’sus mavzuga bag‘ishlangan bo‘lib, uning rejai ilgariroq e’lon qilinadi va seminar mavzuiga
bog‘liq adabiyotlar ko‘rsatiladi. Talabalar seminar mashg‘ulotlariga tayyorlanayotganlarida ko‘rsatilgan adabiyotlarni olib o‘qiydilar, zarur xronologik materiallardagi qoida-qonunlarni atroflicha ishlab chiqib, uni bir umumiy bayonnoma holiga keltiradilar. Talabalarga seminar uchun tayyorgarlik ko‘rganlarida ma’ruza yozish tavsiya etiladi. Bu ma’ruzada talaba mavzu bo‘yicha o‘zining shaxsiy mulohazalarini ham aytishi kerak.
Amaliy va tajriba mashg‘ulotlari ma’ruza kursida olingan bilimlarni amalda tadbiq qilish maqsadida o‘tkaziladigan dars shakllaridan biridir. Bu ikki mashg‘ulot o‘zining xususiyatiga ko‘ra bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Amaliy va tajriba darslarida talabalar ikki guruhga bo‘linadilar. Har bir kichik guruhga alohida o‘qituvchi rahbarlik qiladi. Jismoniy tarbiya jarayonida amaliy mashg‘ulotlar sport turiga muvofiq bo‘lgan mashqlar texnikasi va taktikasini egallashga, jismoniy fazilatlarni rivojlantirishga, musobaqalar o‘tkazish malaka va ko‘nikmalarini egalashga, umumiy jismoniy tayyorgarlik ko‘rishga yordam berishi kerak
Maslahatlar oliy va o‘rta maktabda o‘qitishning keng qo‘llaniladigan bir shakli bo‘lib, ko‘pincha ma’lum kurs materiallari o‘tib bo‘lingach, undan olinadigan reyting sinov va attesstatsiyalardan oldin yoki o‘zlashtirmovchi talabalar bilan yokka holda yoki guruh bo‘lib o‘tkaziladi. Maslahatlarda odatda bir yoki bir necha guruh talabalari o‘zlashtirgan bilimlar yuzasidan o‘qituvchi yakuniy suhbat o‘tkazadi va talabalarning tushunmagan savollariga javob beradi.
Kollekviumlar o‘qitish jarayonida keng qo‘llaniladigan dars shakllaridan biri bo‘lib, ayniqsa, tabiiy fanlarni to‘laroq o‘zlashtirishda juda qulaylik tug‘diradi. Kollekviumda fanning bir bo‘limi o‘tib bo‘lgach, shu bo‘limni talabalar qanday o‘zlashtirganliklari sinab ko‘riladi. Unda o‘qituvchi talabalarga vazifalar beradi. Talabalar savollarga birin-ketin javob beradilar. Javoblar o‘qituvchi tomonidan yakunlanib, umumlashtiriladi va faol ishtirok qilgan talabalar rag‘batlantiriladi.
Kurs ishlari oliy o‘quv yurtlarida oxirgi kurs talabalarini ilmiy tadqiqot ishlari olib borish malakasini hosil qilishga, ma’lum ilmiy xarakterga ega bo‘lgan qisqacha ma’ruza yozishga o‘rganishga chorlaydi. Odatda, kurs ishlari yozishda o‘qituvchi rahbarligida mavzu tanlab olinadi va mavzuga doir reja tuziladi, rejaga asosan kurs ishi yozilib, taqriz qilinadi va o‘qituvchiga topshiriladi. Kurs ishini bajarish jarayonida o‘qituvchi rahbardan muntazam ravishda maslahatlar olib turiladi. Kurs ishlarida talabalar aniq mavzu bo‘yicha mustaqil ravishda tegishli adabiyotlarni o‘qib chiqib, mustaqil fikr yuritadi va kichik muammolarni echib berishga o‘zining hissasini qo‘shadi. Kurs ishlari talabalarning o‘quv-tadqiqot ishlarining asosiy shakllaridan birini tashkil etadi.
Talabalarga ma’ruza o‘qishda, amaliy tajriba mashg‘ulotlarini o‘tkazishda, seminarlar tashkil etishda, fanlar bo‘yicha “tayanch ibora” yozma ishlari yozishda, kurs va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilishda Oliy ta’lim Kadrlar tayyorlash Davlat standartilari ham nazariy, ham amaliy jihatdan to‘la amal qilingan holda ish ko‘riladi.

Yüklə 52,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin