Kurs ishining maqsadi: Ta‘lim muassasalarida sport ishlarida sport turlaridan sport mahoratini oshirish mashg‘ulotlarini rejalashtirish ishlarini amaliyotga tadbiq etish
Kurs ishining obekti: Ta‘lim muassasalarida sport ishlarida sport turlaridan sport mahoratini oshirish mashg‘ulotlarini rejalashtirish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Ta‘lim muassasalarida sport ishlarida sport turlaridan sport mahoratini oshirish mashg‘ulotlarini rejalashtirishni tashkil qilish uslub va shakllari
Kurs ishining vazifalari;
Ta‘lim muassasalarida sport ishlarida sport turlaridan sport mahoratini oshirish mashg‘ulotlarini rejalashtirish ishlarini har tomonlama o’rganish;
Ta‘lim muassasalarida sport ishlarida sport turlaridan sport mahoratini oshirish mashg‘ulotlarini rejalashtirish usul va metodlarini amaliyotda qo’llash;
o`quvchilaring maktabdan tashqari o`tkaziladigan mashg`ulotlarini tashkil qilishda yangi innovatsiyalarni qo’llash
Kurs ishining tuzilishi:Ushbu kurs ishi kirish, 2 bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
I-BOB. TA’LIM MUASSASALARIDA SPORT ISHLARIDA SPORT TURLARIDAN SPORT MAHORATINI OSHIRISH MASHG’ULOTLARINI REJALASHTIRISH Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kasbiy tayyorgarliklarini tashkil etish.
Ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya dasturi asosida jismoniy tarbiya o‘qituvchilari jamoasi jismoniy tarbiya darslarining yillik rejasini ishlab chiqadilar. Jismoniy tarbiya darslari yillik rejasi har bir ta’lim bosqichi uchun alohida tuziladi. Boshlang‘ich sinflar uchun alohida, o‘rta sinflar uchun alohida va yuqori sinflar uchun alohida reja tuzilib, reja mazmunini talabalar yoshi va jismoniy rivojlanishi hamda qiziqishlariga muvofiq sport turlari tashkil etadi. Boshlang‘ich sinflarda asosan harakatli o‘yinlar va gimnastika mashg‘ulotlari bo‘lsa, o‘rta sinflarda sport o‘yinlari va engil atletika mashqlardan foydalaniladi, yuqori sinflarda esa sport o‘yinlari bilan birga kurash va suzish mashg‘ulotlari qo‘llaniladi. Yillik rejaga asosan chorak rejalari tuzilib, chorak rejalar mazmunini shu chorakda o‘tiladigan o‘quv materiallari tashkil etadi. Chorak rejalarga muvofiq dars rejalari tuzilib, har bir darsda o‘òiladigan o‘quv mashg‘ulotlari mazmuni yoritiladi. Dars rejalariga muvofiq dars bayonlari yoziladi. Dars bayonlarida har bir darsdagi o‘quv materiallari keng yoritiladi va uslubiy tavsiyalar, uyga vazifalar mazmuni talqin etiladi.
Jismoniy tarbiya dasturida talabalarni yosh xususiyatlari hamda jins xususiyatlarini hisobga olgan holda jismoniy tayyorgarlik va jismoniy rivojlanish darajalarini nazorat qilish me’yorlari beriladi, nazorat darslari xar bir chorak so‘ngida o‘tkaziladi. Ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya dasturida jismoniy tarbiyadan talabalar kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlari hamda sinfdan tashqari ishlarda jismoniy madaniyat, umumiy jismoniy tayyorgarlik va sport to‘garaklari ish faoliyati maqsadi va vazifasi hamda mazmuni ham keng yoritiladi.
Jismoniy tarbiya nazariy ma’lumotlarning vazifasi talabalarga jismoniy madaniyat va sport soxasida zarur bilimlarni berish, jismoniy mashqlar ahamiyatini tushuntirish, gigienik qoidalarni o‘rgatish va ularni qo‘llay olish malakasini berish. Ta’lim muassasalari talabalarning harakat rejimi bolalarning sog‘ligini saqlash va mustahkamlashda, xar tomonlama jismoniy rivojlanishda faol harakat rejimi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Jismoniy mashqlardan oqilona foydalanish ta’sirida inson muskullari kuchli, chaqqon, aniq harakatli bo‘ladi, butun organizm esa tashqi muhitning har xil ta’siriga yaxshi moslashadi. Bolaning yoshiga xos tabiiy harakat ehtiyojini, katta harakat faolligini rag‘batlantirish va to‘g‘ri yo‘lga solish, harakat tartibini yaratishi lozim. Jismoniy mashg‘ulotlarning gigienik qoidalari - har qanday jismoniy mashg‘ulot sanitariya-gigiena talablariga rioya qilingan holda o‘tkazishi kerak. Bu talablar quyidagilar: mashg‘ulotlar joyining gigienik jihatdan mos bo‘lishi, tegishli jihozlar, inventar, maxsus ust-bosh va oyoq kiyimning mavjudligi.