336
– smetali moliyalashtirish (bunda korxona yoki tashkilot o‘z
daromadlariga ega bo‘lmasdan davlat byudjetining mablag‘lari
hisobidan to‘liq moliyalashtiriladi)
64
;
– davlatning korxona va tashkilotlariga mablag‘ berish
(bunda
moliyalashtirish
obyektlari
sifatida
faqat
kapital
qo‘yilmalar, aylanma mablag‘lar va operatsion xarajatlar
maydonga chiqadi);
– dotatsiya va subvensiyalar (bunda davlat byudjeti rejali-
zararga ishlaydigan korxonalarning zararlarini qoplaydi) va
boshqalar.
Davlat byudjeti xarajatlari davlat byudjeti daromadlarining
ayrim shakllariga o‘xshash baholarni shakllantirish bilan bog‘liq
bo‘lishi ham mumkin. Bunda davlat byudjeti xarajatlari tovar-
larning bahosi uning haqiqiy qiymatidan past darajada o‘rnatilib,
sotilganda vujudga kelgan zararlarni qoplash manbai sifatida
maydonga chiqadi.
“Davlat
byudjetining
xarajatlari”
va
“byudjetdan
moliyalashtirish” tushunchalari bir-biriga yaqin, lekin aynan bir-
biriga teng bo‘lgan tushunchalar emas. Agar davlat byudjetining
xarajatlari davlat byudjeti kategoriyasini ifoda etsa, byudjetdan
moliyalashtirish esa bu kategoriyaning amalda subyektlarga
aloqador barcha tadbirlar bilan mablag‘larni berish shaklidagi
ifodalanishidir. Pul fondlarini shakllantirish jarayoni byudjetdan tegishli
subyektlarga mablag‘lar berilganidan so‘ng ham davom etadi.
Lekin u endilikda byudjetdan tashqarida davom etib, subyektlar
(iqtisodiyot, ijtimoiy soha va ularning tarmoqlari, korxonalar va
boshqalar) moliyasining elementlarini tashkil etadi. Biroq yuqorida
bayon etilgan usullarning birortasini mustaqil davlat byudjeti
kategoriyasi sifatida talqin qilish mumkin emas. Chunki ularning
har biri davlat byudjeti kategoriyasi hisoblangan davlat byudjeti
xarajatlarining namoyon bo‘lish shaklidir.
Shunday qilib, davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni deganda
umumdavlat pul fondini shakllantirish, mablag‘larni byudjetlar
ichida taqsimlash va subyektlarni byudjetdan moliyalashtirish
natijasida vujudga keladigan, o‘zaro bog‘langan taqsimlash
munosabatlarining butun kompleksi tushuniladi.
64
Biroq bozor iqtisodiyoti sharoitida shunday subyektlarga ham o‘zining asosiy faoliyati natijalariga salbiy ta’sir
ko‘rsatmagan holda daromad ishlab topish imkoniyati berilishi mumkin. Buning ustiga, hozirgi sharoitdagi davlat va
biznes hamkorligi ham, o‘z navbatida, shuni taqozo etadi.
321
•
balansning likvidligi (majburiyatlarni likvid aktivlar bilan
qoplash darajasi);
•
kreditga layoqatlilik (kreditlarni qaytarish qobiliyati);
•
rentabellik (foydalilik).
Yuqorida bayon etilgan omillarning har biri tahlil qilishning o‘z
metodikasiga ega.
Dostları ilə paylaş: