14.2. Xo‘jalik yurituvchi subyektning innovatsion- investitsion strategiyasini shakllantirish Ishlab chiqarishni diversifikatsiya va modernizatsiya qilish
faqat iste’molchilarning ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish
nuqtayi nazaridangina emas, balki yakuniy mahsulot birligiga
to‘g‘ri keluvchi moddiy va mehnat xarajatlarini qisqartirish
317
Vujudga kelish joyiga qarab XYuSlarning moliyaviy
barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar quyidagi ikki guruhga
bo‘linadi:
•
ichki;
•
tashqi.
Natijasining muhimligiga ko‘ra moliyaviy barqarorlikka o‘z
ta’sirini ko‘rsatuvchi omillar quyidagi ikki guruhdan tashkil topadi:
•
asosiy omillar;
•
ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan omillar.
Tarkibiy tuzilmasi bo‘yicha XYuSlarning
moliyaviy
barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar quyidagi ikki guruhdagi
omillardan tarkib topadi:
•
oddiy;
•
murakkab.
Harakat etish davriga muvofiq moliyaviy barqarorlikka o‘z
ta’sirini ko‘rsatuvchi omillarni quyidagi ikki guruhga ajratish
mumkin:
•
doimiy;
•
vaqtinchalik.
Yuqoridagilarning orasida eng muhimi omillarning tashqi va
ichki guruhi hisoblanib, u omillarning namoyon bo‘lishiga,
miqdoriy va sifat mazmuniga u yoki bu darajada XYuSning
bevosita ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini aniq aniqlab beradi.
XYuSlarning moliyaviy barqarorligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatuvchi
asosiy ichki omillarga quyidagilar kiradi:
•
moliyaviy resurslarning tarkibi va tarkibiy tuzilmasi, ularni
boshqarishning taktikasi va strategiyasi;
•
XYuS mol-mulkining tarkibi va tarkibiy tuzilmasi;
•
ishlab chiqarish chiqimlarining tarkibi va tarkibiy tuzilmasi,
ularni qisqartirish imkoniyatlari;
•
ishlab chiqariladigan mahsulotning to‘lovga layoqatli bozor
talabiga muvofiqligi;
•
XYuSning qaysi tarmoqqa mansubligi va boshqalar.
Bu omillarning ta’sirini baholash ko‘p jihatdan menejerlarning
kasbiy mahorati va malakasiga, ularning ichki va tashqi muhitdagi
o‘zgarishlar va o‘zaro bog‘liqlikni hisobga olish qobiliyatiga bog‘liq.
Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi tashqi omillarga
quyidagilarni kiritish mumkin: