330
mablag‘lar ajratib olingan bo‘lib, ular qat’iy chegaralanmagan.
Ularning barchasi hozircha yagona maqsadga – umumdavlat
ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan. Davlat pul fondining
alohidaligiga
aniq
maqsadlarga
mo‘ljallangan
fondlarni
kristallizatsiya qilish boshlanganda barham beriladi.
Davlat byudjeti fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan
foydalaniladi:
1) byudjetga to‘lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar);
2) davlat byudjetining daromadlari.
Bu tushunchalar bir xil ma’noni anglatadi. Chunki ularning
ikkalasi ham davlat va mablag‘ to‘lovchilar o‘rtasida vujudga
keladigan bir xildagi taqsimlash munosabatlarini ifoda etadi. Bu
yerda faqat ma’no jihatidan emas, balki miqdoriy jihatdan ham bir
xillikka erishilgan. Zero, ularning har ikkalasi ham milliy
daromadning yagona qismiga tegishlidir. Biroq bu tushunchalarning
ikkiyoqlamalik xaraktyerga egaligini ham unutmaslik lozim.
Davlat byudjetiga to‘lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va
boshqalar), eng avvalo, to‘lovchilarning xarajatlaridan iborat
bo‘lib, ularning daromadlaridan chegirilsada, bir vaqtning o‘zida
ular
davlat
byudjetida
davlatning
daromadlari
sifatida
gavdalanadi. Ana shundan taqsimlash munosabatlariga kirishgan
ishtirokchilar (tomonlar) o‘rtasidagi manfaatlarda ba’zi bir farqli
jihatlar vujudga keladi. Davlat davlat byudjetining daromadlarini
oshirishdan manfaatdor bo‘lsa, bu narsa u yoki bu darajada
to‘lovchilarning (yuridik va jismoniy shaxslarning) manfaatdorligini
(qiziquvchanligini) pasaytiradi.
Shunday qilib, “byudjetga to‘lovlar” va “davlat byudjetining
daromadlari” tushunchalari yuqorida ko‘rsatilgan umumiylikka ega
bo‘lsalar-da, bir vaqtning o‘zida, ular o‘rtasida obyektiv farqlar
ham mavjud. Byudjetga to‘lovlar xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki
to‘lovchilar moliyasining tarkibiy elementlaridan hisoblanadi va
boshqa taqsimlash munosabatlari bilan o‘zaro organik bog‘liqlikda
ko‘riladi; davlat byudjetida ular daromadlar shaklini oladi va davlat
byudjetining
subyektlar
(xo‘jaliklar)
bilan
davlat
byudjeti
munosabatlari keng sohalarining boshqa elementlari bilan o‘zaro
bog‘liqlikda tahlil qilinadi. Bu holda, taqsimlanayotgan milliy
daromadning yagona qismi ikki xil iqtisodiy mazmun kasb etadi va
moliya tizimining turli bo‘linmalarida turlicha ko‘rinishga ega
bo‘ladi.
327
Dostları ilə paylaş: