328
ichida eng muhimlaridan biri “O‘zbekiston Respublikasining
Davlat byudjeti Kodeksi” hisoblanadi”
63
.
Yagonalik (birlik) va yuqori darajada
markazlashuv davlat
byudjetining muhim xususiyatlaridandir. Turli ma’muriy-hududiy
byudjetlar
ko‘pligiga
qaramasdan,
ularning
barchasi quyi
bo‘g‘inlarning yuqori bo‘linmalarga ketma-ket bo‘ysunishiga rioya
qilgan holda yagona davlat byudjetiga birlashadi. Bir vaqtning o‘zida
davlat byudjeti resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda
demokratizm prinsiplariga ham rioya qilinadi. Chunki davlat
hokimiyatining
barcha
organlari o‘zlarining
davlat
byudjeti
mablag‘lariga ega va o‘zlariga tegishli davlat byudjeti huquqlaridan
foydalanadilar. Davlat byudjetiga xos ana shu xarakterli belgilar
mablag‘lar bilan manyovr qilish va davlat byudjeti siyosatini oqilona
tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.
Moliya tizimining boshqa bo‘linmalaridan farqli holda, davlat
byudjetida, ikki tushunchaning terminologik qo‘shilishi mavjud: 1)
davlat byudjeti – iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya sifatida; 2) davlat
byudjeti – mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida.
Ayrim
hollarda davlat byudjetining mohiyati faqat mamlakatning asosiy
moliyaviy rejasi sifatida talqin etiladi. Buni to‘g‘ri deb e’tirof etib
bo‘lmaydi. Chunki iqtisodiyotga tegishli bo‘lgan har qanday reja u
yoki bu iqtisodiy kategoriyaning namoyon bo‘lish shakllaridan biri
hisoblanadi. Shunga muvofiq ravishda, davlatning asosiy
moliyaviy
rejasi
davlat
byudjeti
(umumdavlat
moliyasi)
kategoriyasining namoyon bo‘lish shaklidir. Ya’ni davlat byudjeti
davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida iqtisodiy kategoriya va
byudjetga xos bo‘lgan xususiyatlar majmuining namoyon
bo‘lishidir. Iqtisodiy kategoriya va mamlakatning
asosiy moliyaviy
rejasi sifatida ularning “davlat byudjeti” deb bir xil nomlanishi
predmetning mohiyatini o‘zgartirmaydi va davlat byudjetini iqtisodiy
(moliyaviy) kategoriyalar tarkibidan chiqarishga asos bo‘la olmaydi.
Bundan kelib chiqadigan asosiy xulosa shuki, davlat byudjeti
deyilganda,
eng
avvalo,
ikki
tushunchaning
qo‘shilishini
tushunmoq kerak: 1) davlat miqyosida yalpi ichki (milliy) mahsulotni
taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy)
munosabatlar (iqtisodiy kategoriya); 2) shu kategoriyaning
namoyon bo‘lish shakli sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi.
63
Darslikning davlat byudjeti bilan bog‘liq boblarini tayyorlashda mazkur kodeks muhim manba sifatida ishlatildi.
329
Yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning moliyaviy vositasi
(instrumenti) sifatida davlat byudjeti boshqa xususiyatlarga ham
ega. Agar moliya yordamida taqsimlash qiymatning shakllari
o‘zgargan sharoitda va ko‘plab oldi-sotdilar
natijasida amalga
oshirilsa, yalpi ichki (milliy) mahsulotning davlat byudjeti orqali
taqsimlanishi ma’lum darajada, almashuvdan ajralgan holda sodir
bo‘ladi. Qiymatning davlat byudjeti orqali harakatlanishi moddiy
mahsulotning harakatidan to‘liq uziladi va sof qiymat xarakterini
kasb etadi. Faqat davlat byudjetidan tashqarida, davlat byudjeti
resurslari
sarflanayotganda
taqsimlash
va
almashuv
operatsiyalarining qayta qo‘shilib ketishi sodir bo‘ladi.
Moliya tizimining boshqa barcha bo‘linmalari va iqtisodiy
(moliyaviy) kategoriyalar (baho, ish haqi, kredit va boshqalar) bilan
chambarchas bog‘liqligi ham davlat byudjetiga xos xususiyatdir.
Davlat byudjetining mohiyatini ochib berishda u orqali amalga
oshiriladigan taqsimlash jarayonlarining mazmunini ko‘rib chiqish
alohida ahamiyat kasb etadi.
Yalpi ichki (milliy) mahsulotni davlat
byudjeti orqali taqsimlash
bir vaqtning o‘zida, o‘zaro bog‘langan va ma’lum darajada
mustaqil bo‘lgan uch bosqichdan iborat bo‘ladi:
1) umumdavlat pul fondini shakllantirish (davlat byudjeti
daromadlari);
2) hududiy va ma’lum maqsadlarga mo‘ljallangan ko‘p sonli
davlat byudjeti fondlarini yaratish;
3) davlat byudjeti fondidan foydalanish (davlat byudjeti
xarajatlari).
Davlat byudjeti orqali yalpi ichki (milliy) mahsulotni
taqsimlashning bu bosqichlari bir vaqtning o‘zida va uzluksiz sodir
bo‘lsada, bu ularning nisbatan alohidaligini ham inkor etmaydi. Bu
bosqichlarni bo‘lish va ularni alohida-alohida ko‘rib chiqish orqali
byudjetli taqsimlashning xarakteri, shakli va metodlari to‘g‘risida
osonroq va aniqroq tasavvur hosil qilish mumkin.
Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy
shaxslarga tegishli pul
mablag‘larining bir qismi davlatning qo‘lida to‘planishi (jamlanishi)
sodir bo‘ladi. Ana shu asosda mablag‘larni oluvchi sifatida davlat
bilan mablag‘larni to‘lovchilar o‘rtasida moliyaviy (byudjet)
munosabatlar vujudga keladi. Bu munosabatlar, asosan,
majburiylik xarakteriga egadir. Bu bosqichdagi taqsimlash
jarayonlarining xarakterli xususiyati shundaki, byudjetga tushuvchi