372
sur’atlarini
ta’minlashga
intilishning
susayishiga,
xufyona
iqtisodiyotning rivojlanishiga olib keladi;
– subyektlarning xatti-harakati va intilishiga bog‘liq bo‘lmagan
holda vujudga kelgan daromadlarning to‘liq yoki qisman byudjetga
olinishi. Ma’lum bir xarajatlarni amalga oshirmasdan turib olingan
barcha daromadlar subyektlarning ixtiyoriga qoldirilmasdan
davlatning ixtiyoriga o‘tishi kerak. Bu prinsipning ta’siri ostiga
subyektlar
ma’muriyatining
noto‘g‘ri,
noqonuniy
harakati
(masalan, davlat standartlarini buzish va boshqalar) natijasida
olingan daromadlar ham kiritilmog‘i lozim;
– ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa maqsadlar uchun
korxonaning rejalashtirilgan ehtiyojidan ortgan summalarni
byudjetga olish. Bu prinsip davlat byudjeti daromadlarini davlat
korxonalarining mablag‘lari hisobidan tashkil etishda qo‘llanilishi
mumkin. U davlat korxonalarining moliyaviy holatini tartibga soladi
va bir vaqtning o‘zida ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishda davlatning
manfaatlarini ta’minlaydi;
– davlat byudjeti mexanizmining rag‘batlantiruvchi ta’sirini
ta’minlash. Subyektlar ixtiyoridan mablag‘larning byudjetga olinishi
ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini rag‘batlantirishi kerak. Bu
yerda qo‘yilgan vazifa faqatgina davlat byudjeti daromadlarini
miqdoriy jihatdan ta’minlash emas, balki shu orqali korxonada
faoliyat ko‘rsatayotgan mehnat jamoalarining manfaatlariga, ular
faoliyatining sifat ko‘rsatkichlariga to‘lovlarning ta’sirchanligini
kuchaytirishdir;
– davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda ulushli ishtirok
etish. Bu prinsip aholi mablag‘lari hisobidan davlat byudjeti
daromadlarini shakllantirishda qo‘llanilib, uning natijasida aholi
daromadlarining bir qismi ular olgan daromadlarining darajasiga
bog‘liq ravishda byudjetga o‘tkaziladi.
Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi soliqlar yordamida
undirilishi
tufayli
bu
jarayonda
quyidagi
prinsiplardan
foydalaniladi:
– soliqlarning byudjetga olinishi mamlakat milliy boyligi
manbalarining tugashiga olib kelmasligi kerak;
– soliqlar ularni to‘lovchilar o‘rtasida teng (adolatli)
taqsimlanmog‘i lozim;
– soliqlarning ishlab chiqaruvchilar aylanma fondlari hajmiga
ta’sir ko‘rsatmasligi;
381
Resurs to‘lovlari va mol-mulk solig‘i yordamida davlat byudjeti
daromadlarining 15,95% tashkil topayapti. Uning asosiy qismi
(shu guruhga kiruvchi soliqlarning 61,6%) yerosti boyliklaridan
foydalanganlik uchun soliqqa to‘g‘ri kelayapti
75
.
Dostları ilə paylaş: