qonunchiligiga, davlat hokimiyati organlarining qarorlariga va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlarining me’yoriy-huquqiy aktlariga muvofiq o‘rnatiladigan hamda tegishli mahalliy hududda to‘lanishi shart bo‘lgan soliq va yig‘imlar mahalliy soliqlar va yig‘imlar deyiladi. Davlat hokimiyati organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish
organlari vakolatiga, o‘zlarining fiskal ahamiyatiga va amal qilish
davriga qarab mahalliy soliq va yig‘imlar ikkiga bo‘linadi:
1) hokimiyatning qonunchilik organi tomonidan joriy etiladigan
va mamlakatning barcha hududlarida amal qiladigan mahalliy
soliqlar va yig‘imlar;
2) mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qaroriga
muvofiq joriy etiladigan mahalliy soliqlar va yig‘imlar.
Birinchi guruhga kiruvchi mahalliy soliqlar va yig‘imlarning
tarkibi quyidagilardan iborat:
•
jismoniy shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliq;
•
yer solig‘i;
•
savdo qilish huquqi uchun yig‘im;
•
va boshqalar.
Mahalliy soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha ushbu konkret stavkalar
davlat hokimiyat organlarining qaroriga muvofiq belgilanadi. Ularni
undirish va to‘lash tartibi tegishli organ (masalan, Davlat soliq
qo‘mitasi) tomonidan ishlab chiqilgan yo‘riqnomaga muvofiq
amalga oshiriladi.
O‘z navbatida, ikkinchi guruhga kiruvchi mahalliy soliqlar va
yig‘imlarning tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
•
avtomobillarni olib-sotganlik uchun soliq;
•
avtotransportlar to‘xtash joyidan foydalanganlik uchun yig‘im;
•
fuqarolarning boshqa maqsadli yig‘imlari;
•
va boshqalar.
Ikkinchi guruhga kiruvchi mahalliy soliqlar va yig‘imlarga
nisbatan yagona yo‘riqnomaning bo‘lishi mumkin emasligi sababli
tegishli vakolatli organlar (Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi
va boshqalar) alohida olingan mahalliy soliqlar va yig‘imlar
bo‘yicha namunaviy nizom (yo‘riqnoma) ishlab chiqishlari va
mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tegishli qarorlar qabul
qilishda undan foydalanish tavsiya etilmog‘i maqsadga muvofiq.