Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Davlat byudjetining daromadlari



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 
16.2. Davlat byudjetining daromadlari 
 
Davlat byudjetining daromadlari
66
mamlakat yalpi ichki (milliy) 
mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining 
elementlaridan biri bo‘lib, ular oraliq (tranzit) xaraktyerga ega. Ular 
yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan daromadlar va 
jamg‘armalarning bir qismini byudjetga o‘tkazilishi natijasida 
vujudga keladi. Davlat byudjeti daromadlarining moddiy-
buyumlashgan mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul 
mablag‘lari tashkil etadi. Bu moliyaviy (byudjet) kategoriyaning 
namoyon bo‘lish shakli byudjetga borib tushuvchi turli soliqlar, 
to‘lovlar, yig‘imlar, bojlar va ajratmalardan iborat. 
Miqdoriy jihatdan davlat byudjetining daromadlari yaratilgan 
yalpi ichki (milliy) mahsulotda (milliy daromadda) davlatning 
ulushini ko‘rsatadi. Ularning 
absolyut hajmi 
va 
salmog‘i 
mamlakatning yalpi ichki (milliy) mahsuloti (milliy daromadi)ning 
umumiy hajmi, u yoki bu davrda davlatning oldida turgan siyosiy, 
iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar bilan belgilanadi. 
Ana shularga muvofiq davlat byudjetida mablag‘larni yig‘ish 
miqdori va ularni undirishning shakl va usullari aniqlanadi. 
Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish jarayonining 
quyidagi prinsiplarga asoslanishi maqsadga muvofiqdir: 
66
“Davlat byudjetining daromadlari” iborasi byudjetga undirilayotgan soliqlar, to‘lovlar, bojlar, ajratmalar va
boshqa shunga o‘xshash barcha daromadlarni o‘z ichiga oladi. 


368 

Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjetining xarajatlari 
uning daromadlari bilan uzviy bog‘langanmi? 

Hozirgi sharoitda davlat byudjeti xarajatlarining konkret 
tarkibi va ularning tuzilmasi qanday? 

Byudjetdan moliyalashtirishning mazmunini aytib bering. 

Byudjetdan moliyalashtirishning umumiy prinsiplarini aytib 
bering. 

Amaliyotda 
byudjetdan 
moliyalashtirishning 
qanday 
shakllaridan foydalanilmoqda? 

“Davlat byudjetining xarajatlari” va “Davlat xarajatlari” 
iboralari bir xil ma’noni anglatadimi? 

Davlat byudjeti defitsitini qanday tushunasiz? 

Davlat byudjeti defitsiti vujudga kelishining eng umumiy 
sabablarini bilasizmi? 

Davlat byudjeti defitsiti vujudga kelganda unga nisbatan 
strategik yondashuv (strategiya) nimalarga alohida e’tibor berishni 
taqozo etadi? 

Davlat byudjeti defitsiti darajasini kamaytirish yoki unga 
barham berish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-
tadbirlarning asosiy yo‘nalishlarini aytib bering. 

Davlat 
byudjeti 
defitsitini 
moliyalashtirishning 
asosiy 
manbalarini aytib bering. 

Davlatning ichki va tashqi qarzlarini qanday tushunasiz? 

Davlat ichki qarzlarining tarkibini tushuntirib bering. 

Davlat tashqi qarzlari tarkibiga nimalar kiradi? 

Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalari 
qanday guruhlardan tashkil topadi? 

Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning ichki manba-
larini aytib bering. 

Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning tashqi man-
balari nimalardan iborat? 

Mamlakatning qarz majburiyatlari qanday shakllarda bo‘lishi 
mumkin? 

“Davlat byudjeti defitsiti”, “Davlat byudjeti kamomadi”, “Davlat 
byudjeti taqchilligi”, “Davlat byudjeti yetishmovchiligi” iboralarining 
ma’nosi bir xilmi? 
353 
Davlat 
byudjetining 
kapital 
xarajatlari 
innovatsion 
va 
investitsion faoliyatga yo‘naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning 
tarkibiga: 
a) tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakatdagi 
yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar 
uchun mo‘ljallangan xarajatlar; 
b) yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun davlat 
byudjeti kreditlari sifatida beriladigan mablag‘lar; 
d) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan 
kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog‘liq 
bo‘lgan boshqa xarajatlar; 
e) amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo‘lgan mulk 
miqdorini oshirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan 
xarajatlar; 
f) davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy turkumlanishiga 
muvofiq davlat byudjetining kapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan 
boshqa xarajatlar. 
Davlat byudjetining kapital xarajatlari tarkibida Taraqqiyot 
byudjeti shakllantirilishi mumkin. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin