Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


davlat byudjeti mexanizmi



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

davlat byudjeti mexanizmi
vujudga keladi. Davlat byudjeti 
mexanizmi deyilganda, odatda, faqat moliyaviy resurslarni 
davlatning qo‘lida to‘plash (akkumulyatsiya qilish) va ularni davlat 
byudjeti kanallari bo‘yicha taqsimlashning amaldagi tizimigina 
nazarda tutilmasdan, balki takror ishlab chiqarishning barcha 
bosqichlariga bu jarayonning faol ta’siri ham tushuniladi. Bu 
mexanizmning detallari juda ko‘p: soliqlar va byudjetga to‘lovlar, 
byudjetdan 
moliyalashtirishning 
turli 
shakllari, 
mablag‘larni 
byudjetlar 
ichida 
taqsimlash 
va 
boshqalar 
ana 
shular 
jumlasidandir. 
Davlat 
byudjeti 
mexanizmi 
ishlashining 
samaradorligi 
unga 
tegishli 
bo‘lgan 
detallarning 
o‘zaro 
ta’sirchanligi va ularning bir-biriga bog‘liqligi bilan belgilanadi. 
Mamlakatning moliya tizimida davlat byudjeti markaziy o‘rin 
egallaydi. Markazlashtirilgan pul fondini shakllantirish orqali 
davlatning qo‘lida katta hajmdagi moliyaviy resurslar to‘planadi va 
ular umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga sarf etiladi. Davlat 
byudjeti umumdavlat manfaatlarini inobatga olgan holda ustuvor 


344 
yo‘nalishlar uchun moliyaviy resurslarni jamlashda asosiy vosita 
bo‘lib xizmat qiladi. 
Ustuvor yo‘nalishlar uchun davlat byudjeti yordamida 
moliyaviy resurslarni jamlash bir necha usullar yordamida amalga 
oshirilishi mumkin. Ayrim hollarda, iqtisodiyotning yetakchi 
tarmoqlarini 
jadal 
sur’atlar 
bilan 
rivojlanishini 
ta’minlash 
maqsadida byudjetdan ajratilayotgan mablag‘larning hajmi 
oshiriladi. Boshqa hollarda esa, o‘sha sektorlardan mablag‘larni 
davlat byudjetiga olishda qulay sharoit yaratiladi. 
Davlat 
byudjeti 
iqtisodiyotning 
alohida 
tarmoqlarining 
rivojlanishida asosiy manba rolini ham o‘ynashi mumkin. Masalan, 
ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida milliy iqtisodiyotda yangi tarmoq 
vujudga kelayotgan bo‘lsa, uning paydo bo‘lishini hozirgi 
sharoitda byudjetdan moliyalashtirishsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 
Faoliyat ko‘rsatayotgan subyektlarning moliyaviy barqa-
rorligini ta’minlashda davlat byudjeti katta ahamiyat kasb etadi. 
Turli obyektiv va subyektiv omillarning ta’siri ostida ayrim 
subyektlarning o‘z moliyaviy resurslari ularning sog‘lom faoliyat 
ko‘rsatishi uchun yetarli bo‘lmay qolganda chetdan mablag‘ jalb 
qilishga ehtiyoj tug‘iladi. Bunday sharoitda davlat byudjeti tartibga 
soluvchi manba sifatida maydonga chiqishi mumkin. Albatta, 
bunday hollarning barchasida davlat byudjeti mablag‘lari 
subyektlarning o‘z manbalari, tarmoq ichidagi resurslar, bank 
kreditlaridan so‘ng oxirgi tartibga soluvchi manba sifatida foyda-
laniladi. 
Subyektlar faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda 
davlat byudjetining tartibga soluvchi roli quyidagi ko‘rinishda 
bo‘lishi mumkin: 
– moliyaviy resurslarga bo‘lgan yangi talabni kelgusi davlat 
byudjeti yilida davlat byudjetining xarajatlari tarkibiga kiritish; 
– moliyaviy resurslarga bo‘lgan qo‘shimcha ehtiyojni mavjud 
davlat byudjeti resurslarini manyovr qilish, ya’ni davlat byudjeti 
kreditlarini bir obyektdan ikkinchisiga o‘tkazish yo‘li bilan 
qondirish. Bunday imkoniyatning mavjudligi amaliyotda ayrim 
subyektlarning o‘zlariga taqdim etilgan moliyaviy resurslarni to‘liq 
o‘zlashtirishning uddasidan chiqa olmasligi bilan izohlanadi; 
– qo‘shimcha ehtiyojni hukumatning zaxira fondlari hisobidan 
qoplash va boshqalar. 
345 
Davlat byudjeti milliy iqtisodiyot korxonalarini texnika vositalari 
bilan qayta qurollantirishda alohida ahamiyatga ega. Byudjetdan 
iqtisodiyotga 
qilinayotgan 
xarajatlar 
va 
markazlashtirilgan 
investitsiyalarni moliyalashtirish, eng avvalo, ana shu maqsadlarga 
xizmat qiladi. Ayniqsa, ijtimoiy soha (maorif, sog‘liqni saqlash, 
madaniyat, 
sport, 
fan, 
ijtimoiy 
ta’minot) 
xarajatlarini 
moliyalashtirish, ijtimoiy nafaqa, aholi uchun muhim ahamiyat kasb 
etgan xizmatlar bahosidagi farqlarni byudjetdan qoplash, davlat 
hokimiyati organlari, boshqaruv va sud organlarini saqlash
fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlarini moliyalashtirish, 
mamlakatning 
mudofaa 
qobiliyatini 
mustahkamlash 
kabi 
vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashda davlat 
byudjetining ahamiyati beqiyosdir. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin