478
shahar
byudjetidan
moliyalashtiriladigan
davlat
byudjeti
tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilarning shaxsiy
g‘azna hisobvaraqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya
vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya
boshqarmalari
tomonidan, tumanlar va shaharlar byudjetlaridan
moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti
mablag‘lari oluvchilarning shaxsiy g‘azna hisobvaraqlari tumanlar
va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan ochiladi.
Davlat byudjeti ijrosi davomida barcha operatsiyalar va davlat
byudjetining mablag‘lari G‘aznachilikning
balans hisobvaraqlarida
aks ettiriladi. Bu hisobvaraqlari Markaziy bank va kredit
tashkilotlarida joylashgan. G‘aznachilik tizimi
davlat byudjeti
mablag‘lariga nisbatan kassaning yagonaligi prinsipini ta’minlaydi.
Bu prinsip barcha kelib tushuvchi daromadlar va davlat byudjeti
defitsitini moliyalashtirish manbalaridan tushumlarni hamda
ko‘zda tutilgan barcha xarajatlarni amalga oshirishni davlat
byudjetining yagona hisobvarag‘idan amalga oshirilishini taqozo
etadi. Mamlakat davlat byudjeti tizimi barcha darajalarining
byudjetlari kassaning yagonaligi prinsipi asosida ijro etilishi kerak.
Davlat
byudjetining
daromadlar
bo‘yicha
ijro
etilishi
quyidagilarni ko‘zda tutadi:
•
daromadlarni davlat byudjetining yagona hisobvarag‘iga
o‘tkazish va yozish;
•
tasdiqlangan byudjetga muvofiq ravishda tartibga keltiruvchi
(soluvchi) daromadlarni taqsimlash;
•
byudjetga ortiqcha to‘langan daromadlar summasini qaytarish;
•
davlat byudjeti daromadlarini
hisobga olish va daromadlar
to‘g‘risida hisobot tuzish.
Xarajatlar bo‘yicha byudjetlar ijrosi davlat byudjetining yagona
hisobvarag‘ida davlat byudjeti mablag‘larining haqiqatda mavjudligi
doirasida
hamda
moliyalashtirish
va
sanksiyalashtirishning
(sanksiya qo‘llashning)
ketma-ket majburiy amalga oshiriladigan
tartiblariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Davlat byudjeti
xarajatlarining ijrosi
davomida sanksiyalashtirishning
asosiy
bosqichlari quyidagilar hisoblanadi:
•
davlat byudjeti xarajatlari ro‘yxatini tuzish va tasdiqlash;
•
davlat
byudjeti
mablag‘lari
to‘g‘risidagi
xabarnomani
tasdiqlash va ularni davlat byudjeti mablag‘larini oluvchilar hamda
taqsimlovchilarga
yetkazish,
shuningdek,
davlat
byudjeti
tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘larini taqsimlovchilarning
daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
467
•
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat-
lar, Toshkent shahar hokimliklari va davlat maqsadli jamg‘ar-
malarini taqsimlovchi organlarga – tegishli byudjetlar va davlat
maqsadli
jamg‘armalari
byudjetlari
daromadlari
hamda
xarajatlarining prognozlari asossiz ravishda pasaytirilgan yoki
oshirilgan hollarda, mazkur prognozlarga tuzatish kiritish
to‘g‘risida.
Davlat
byudjeti
mablag‘larini
taqsimlovchilar,
Qora-
qalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar, Toshkent
shahar
hokimliklari
va
davlat
maqsadli
jamg‘armalarini
taqsimlovchi
organlar
O‘zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligining yozma bildirishlarini olgandan keyin
Dostları ilə paylaş: