496
•
turli maxsus jamg‘armalar ko‘magida aholiga ijtimoiy
xizmatlar ko‘lamini kengaytirish.
Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari bevosita davlat
ixtiyorida bo‘lsa-da, alohida shaklda faoliyat yuritadi va davlat
tomonidan moliyaviy resurslarini daf’atan olib qo‘yishga ruxsat
berilmaydi. Ularning Davlat byudjeti va unga tenglashtirilgan
jamg‘armalardan farqli tomoni shundaki, bu jamg‘armalarning
moliyaviy resurslaridan foydalanish
qat’iy maqsadli
xususiyatga
ega. Maqsadga erishgandan keyin daromad olish maqsadida
boshqa tijorat obyektlariga muddatli investitsiya qilish ham
mumkin.
Amaliyotda
har
bir
Davlatning
byudjetdan
tashqari
jamg‘armasining moliyaviy manbalari har xil bo‘ladi. Lekin shartli
ravishda ularning quyidagi guruhlardan tashkil topishi jahon
tajribasida namoyon bo‘ladi:
•
mos ravishdagi jamg‘armalar uchun davlat tomondan
o‘rnatilgan maxsus maqsadli soliqlar, yig‘imlar va ajratmalar;
•
xo‘jalik subyektlarining iqtisodiy-moliyaviy samarasidan
ajratmalar;
•
Davlat byudjeti mablag‘lari;
•
jamg‘armalarni yuridik shaxs sifatida tijorat faoliyati (moliya
bozori)dan olgan foydalari;
•
tijorat banklarining kredit resurslari.
Davlatning
byudjetdan
tashqari
jamg‘armalarining
klassifikatsiyasi. Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘ar-
malari
ni o‘zlarining iqtisodiy mazmuni va tashkil etish zaruratiga
ko‘ra ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin:
Dostları ilə paylaş: