484
davomida ularga tegishli byudjetlardan
davlat byudjeti ssudalari
ajratilishi mumkin. Davlat byudjeti ssudalarini berishning eng kech
muddati va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan belgilanadi. Shuningdek, turli darajadagi byudjetlarning
daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik
farqni moliya yili
davomida aylanma kassa mablag‘i me’yori hisobiga, uni moliya yili
oxirigacha tasdiqlangan hajmga qadar tiklagan holda, davlat
byudjeti mablag‘larining foydalanilmagan qoldiqlari hisobiga va
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
davlatning qisqa muddatli
qimmatli qog‘ozlarini chiqarish hisobiga ham qoplash mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya
organlari davlat byudjeti ijrosining nazorat qilinishini amalga
oshirish davomida:
•
turli darajadagi byudjetlar ijrosi yakunlarini ko‘rib chiqadi;
•
turli darajadagi byudjetlarga mablag‘lar tushumi to‘g‘risida
soliq va bojxona organlaridan, davlat maqsadli jamg‘armalarini
taqsimlovchi organlardan axborot oladi;
•
davlat byudjeti mablag‘larini
oluvchilardan byudjetdan
ajratiladigan
mablag‘larning
tushumi
va
sarfi
to‘g‘risida
ma’lumotlar talab qilib, oladi;
•
qonun hujjatlariga muvofiq banklardan davlat byudjeti
mablag‘lari harakati to‘g‘risida ma’lumotlar oladi;
•
davlat byudjeti mablag‘lari oluvchilarning moliya-xo‘jalik
faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida taftish qiladi va tekshiruvdan
o‘tkazadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yilning har
choragida davlat byudjeti ijrosining O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi taqdim etadigan yakunlarini ko‘rib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: