492
faoliyatini davom ettirishga zarurat bo‘lmagan. Shu bois, maxsus
jamg‘armalarning miqdori va shakli doimo o‘zgarib turgan, ya’ni
davr taqozosi va muayyan zaruriyatdan kelib chiqib, ehtiyoj
qolmaganlari tugatilgan, yangilari paydo bo‘lgan. Lekin, tarixiy
tendentsiya shuni namoyon qilyaptiki, muayyan mamlakatda
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari va mamlakat
hududining kengayishi munosabati bilan davlatning byudjetdan
tashqari jamg‘armalarining miqdori ham, hajmi ham o‘sish
xususiyatiga ega bo‘lgan.
O‘z navbatida, Davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari
miqdorining ortishi (ko‘payishi) ma’lum bir qiyinchilik va
noqulayliklarni keltirib chiqargan. Xususan, jamg‘arma qat’iy
maqsadli xususiyatga ega bo‘lgani bois, ayrim jamg‘armalarda
moliyaviy
resurslar
keragidan
ortiq
bo‘lsa,
ayrimlarida
yetishmovchiliklar paydo bo‘lgan. Shuningdek, davlat ularni
boshqarish
va
muvofiqlashtirishni
moliyalashtirish
uchun
qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilishga majbur bo‘lgan. Bu,
o‘z o‘rnida, jismoniy va yuridik shaxslarga qo‘shimcha moliyaviy
yuk hisoblanib, ular o‘rtasida ma’lum bir noroziliklarning paydo
bo‘lishiga ham olib kelgan. Bunday salbiy holatlarning oldini olish
uchun markazlashtirilgan davlat shakllanishiga zarurat tug‘ilgan.
Markazlashtirilgan davlatning qaror topishi bir qator davlat
jamg‘armalarini uyg‘unlashtirib, bir necha muammolarning oldini
olish imkoniyatini tug‘dirgan. Jumladan, bir jamg‘armada ortiqcha
bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni ikkinchi bir jamg‘armadagi
yetishmayotgan moliyaviy mablag‘lar o‘rniga jalb qilish imkoniyati
hosil
bo‘la
boshlagan.
Davlatning
turli
xil
fondlarining
uyg‘unlanishi asosida ulkan bir markazlashtirilgan jamg‘arma,
ya’ni Davlat byudjetining tashkil etilishiga asos solingan. Davlat
byudjeti sekin asta har to-monlama mustahkamlanib borib,
mamlakatning oliy organi uni ko‘rib chiqib, tasdiqlagandan keyin
qonun kuchiga kirib, ijro etish majburiyati sezila boshlandi (bu
haqda mazkur darslikning oldingi boblarida batafsil to‘xtalib
o‘tilgan).
O‘zbekiston
Respublikasi
mustaqillikni
qo‘lga
kiritgan
dastlabki kunlardan boshlab, mamlakatda Davlat byudjetini
mustahkamlash bilan birga, Davlatning byudjetdan tashqari
jamg‘armalarini ham tashkil etishga zarurat tug‘ildi. Bu
485
•
Davlat byudjeti xarajatlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni;
•
davlat byudjeti tashkilotlarining debitorlik va kreditorlik
qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomani;
•
Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti
tashkilotlari bo‘yicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir
rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotni.
Tumanlar va shaharlar bo‘yicha g‘aznachilik bo‘linmalari
tegishli tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlariga
tumanlar va shaharlar byudjetlarining kassa ijrosi to‘g‘risidagi
hisobotni taqdim etadi.
Tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari
hisobot davri uchun tumanlar va shaharlar byudjetlarining ijrosi
to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan belgilangan shakllar bo‘yicha:
•
yuqori turuvchi moliya organlariga — ular
Dostları ilə paylaş: