800
T. Malikov, O. Olimjonov
MOLIYA
Darslik
Nashr lits. AI¹ 305. Bosishga ruxsat etildi 27.09.2019.
Qog‘oz bichimi 60
х
84 1/16. Shartli bosma tabog‘i 46,4.
Hisob-nashr tabog‘i 47,2. Adadi 100.
46-buyurtma.
«IQTISOD-MOLIYA» nashriyotida tayyorlandi.
100000,
Toshkent, Amir Temur ko‘chasi, 60
a
.
«DAVR MATBUOT SAVDO» MChJ
bosmaxonasida ofset usulida chop etildi.
100198, Toshkent, Qo‘yliq, 4-mavze, 46.
Muharrir Sh. Bazarova
Badiiy muharrir K. Boyxo‘jayev
Kompyuterda sahifalovchi Z. Ulug‘bekova
785
Qo‘shilgan qiymat solig‘i
–
ishlab chiqarish va muomala
jarayonlarining barcha bosqichlarida yaratilgan qo‘shilgan qiymat bir
qismining byudjetga olish shakli. Egri (bilvosita) soliqlarning tarkibiga kiradi.
Mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya va import qilish oboroti
qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan obyekt hisoblanadi.
Realizatsiya
bo‘yicha soliq solinadigan oborot realizatsiya qilinadigan mahsulotlar
(ishlar, xizmatlar) qiymati asosida, qo‘llaniladigan
narxlar va tariflarni
inobatga olgan holda, aksiz solig‘ini hisobga olib ularga qo‘shilgan qiymat
solig‘ini kiritmasdan belgilanadi. Bu soliqni to‘lovchilar
qatoriga mulkchilik
shakli va kimga tegishli ekanligidan qat’iy nazar ishlab chiqarish va tijoriy
faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar (xorijiy investitsiyali
korxonalar ham) kiradi.