Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Soliqqa tortish nazariyalari



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə329/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Soliqqa tortish nazariyalari
– soliqqa tortish amaliyotini nazariy 
jihatdan asoslashga urinish. Soliqqa tortish nazariyasi tarixida eng dolzarb 
muammo sifatida quyidagi savollarning javobini izlab topish sanaladi: 
Byudjet daromadlarini shakllantirishda sof fiskal usullardan foydalanish 
maqsadga muvofiqmi yoki soliqlarni pasaytirish orqali tadbirkorlik faoliyatini 
rag‘batlantirish va soliqqa tortish bazasini kengaytirish kerakmi? Bularning 
qaysi biri afzal? Qaysi biri maqsadga muvofiq? va h.k. 
Soliqlar 
klassifikatsiyasi
– 
soliqlarning 
undirilish 
uslubi, 
qo‘llaniladigan stavkalarning xarakteri, soliq imtiyozlari, soliqqa tortish 
manbai va obyekti kabi belgilar bo‘yicha guruhlarga ajratilishi (bo‘linishi). 
Belgilanish uslubiga ko‘ra soliqlar to‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) 
soliqlarga bo‘linadi. Daromad solig‘i, foyda solig‘i, resurs to‘lovlari va mol-
mulk solig‘i kabilar to‘g‘ri (bevosita) soliqlardir. Egri (bilvosita) soliqlar 
xo‘jalik aktlari va aylanmalari, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishdan 
vujudga keladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i, boj to‘lovlari, aktsizlar, 
qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalardan olinadigan soliq va 
boshqalar ana shular jumlasidandir. Soliqqa tortish manbalari bo‘yicha ham 
soliqlar guruhlanadi: ishlab chiqarish xarajatlarining (tannarx)ning tarkibiga 
kiruvchi, foyda (daromad)dan olinuvchi va boshqa soliqlar. Soliqqa tortish 
obyektlari bo‘yicha soliqlar klassifikatsiya qilinganda ular quyidagi 
guruhlarga bo‘linadi: mulk soliqlari, resurs soliqlari (yer solig‘i ham shu 
guruhga kiradi), daromad yoki foyda solig‘i, harakat soliqlari (xo‘jalik aktlari, 
moliyaviy operatsiyalar, realizatsiya bo‘yicha aylanmalar, ba’zi bir qolgan 
soliqlar va bir martalik yig‘imlardan iborat bo‘lgan soliqlar. 
Soliqlarning 
funksiyalari
– 
shu 
iqtisodiy 
kategoriyaning 
daromadlarni qiymat jihatidan taqsimlash va qayta taqsimlash instrumenti 
sifatida ijtimoiy mo‘ljallanganligining qay darajada amalga oshirila-
yotganligini ko‘rsatadi. Soliqlar quyidagi funksiyalarni bajaradi: fiskal; 
tartibga solish (rag‘batlantirish). 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   325   326   327   328   329   330   331   332   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin