Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Ichki barqarorlik
XYuSning shunday moliyaviy holatidirki, 
unda faoliyat ko‘rsatishning barqaror yuqori natijasi, eng birinchi 
navbatda, ichki omillarning faollashtirilishi hisobidan ta’minlanadi. 
O‘z navbatida, 
tashqi barqarorlik
XYuSning shunday 
moliyaviy holatidirki, u doirasida XYuS faoliyat ko‘rsatadigan 
iqtisodiy muhitning barqarorligi bilan belgilanadi. Bunday 
barqarorlik 
butun 
mamlakat 
masshtabida 
rivojlanayotgan 
iqtisodiyot sharoitida erishiladi. 
Va nihoyat, 
umumiy barqarorlik
XYuSning shunday 
moliyaviy holatidirki, unda ichki va tashqi omillarning o‘zaro 
ta’sirchanligini faollashtirish hisobidan mablag‘lar tushumining 
ularning xarajat qilinishidan ortiqchaligi ta’minlanadi. 
XYuSlar moliyaviy holatining barqarorligi moliyalashtirishda 
ehtiyojlarni qondirishning manbalari sifatida o‘z va qarziy 
mablag‘larning nisbati asosida qaraladigan (hisoblanadigan) 
nisbiy va absolyut ko‘rsatkichlar tizimi bilan baholanadi. Yetarli 
bo‘lmagan moliyaviy barqarorlik XYuSni noto‘lovqobillilikka va 
ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun unda mablag‘larning mavjud 
bo‘lmasligiga olib kelishi mumkin. Aksincha, ortiqcha moliyaviy 
barqarorlik esa, taraqqiyotga to‘sqinlik qilishga, ortiqcha zaxiralar 
tufayli xarajatlarning og‘irlashuviga sabab bo‘ladi. 
Moliyaviy 
barqarorlikni 
tahlil 
qilishning 
vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
307 
 
14-BOB. ISHLAB CHIQARISHNI DIVERSIFIKATSIYA VA
MODERNIZATSIYA QILISH BO‘YICHA 
INVESTITSION DASTURLARNI 
MOLIYALASHTIRISH 

14.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni diversifikatsiya 
va modernizatsiya qilish zaruriyati 
 
Ishlab chiqarishni diversifikatsiya (faoliyatni kengaytirish
mahsulot va xizmatlar turlarini ko‘paytirish) va modernizatsiya 
qilish (zamonaviylashtirish, yangilash) jarayonlarida iqtisodiyot 
tarmoqlarida 
XYuSlarning 
ishlab 
chiqarishda 
ilg‘or 
sifat 
siljishlariga va samarali ishlashlariga erishish uchun kompleks 
choralar tizimini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mustaqillik yillarida boshlangan O‘zbekiston iqtisodiyotining 
xomashyo yo‘nalishini o‘zgartirish strategik nuqtayi nazardan 
uzoq muddatli ustuvor vazifa hisoblanadi. Bu yuqori texnologik 
yangi ishlab chiqarishni tashkil etish, qayta ishlab chiqaruvchi 
tarmoqlarni yuqori sur’atlarda rivojlantirish, eksport salohiyatini 
keskin oshirish, importni esa keskin kamaytirish, import o‘rnini 
bosuvchi mahsulotlarni o‘zimizda ishlab chiqarishni kengaytirish 
zarurligini taqozo etadi. Sanoatni xomashyoni kompleks chuqur 
qayta ishlashga yo‘naltirish asosida va bozorlarda yuqori texno-
logiyali mahsulotlarning sotilishini oshirmasdan turib samarali 
taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi. Bu taraqqiyotning innovatsion-
investitsion usuliga o‘tish maqsadida qo‘shimcha moliyaviy 
resurslarni olish uchun oqilona yo‘l hisoblanadi. 2016-yildan 
boshlangan yangi iqtisodiy sharoitda bu masalaga e’tibor yanada 
kuchaydi. 
Mashinasozlik va metalni qayta ishlash tarmoqlarini yuqori 
sur’atlarda rivojlantirish XYuSlarning faoliyatini kengaytirish 
jarayonida ustuvor vazifadir. Takror ishlab chiqarishning intensiv 
usuliga 
o‘tish 
ilmiy-texnika 
taraqqiyotini 
tezlashtirishda 
mashinasozlik ta’sirining o‘sishini talab qiladi. Iqtisodiyotning 
mashinasozlik 
tarmoqlari 
esa 
moliyalashtirishning 
yangi 
manbalarini jalb qilish asosida ishlab chiqarishning texnologik 
jihatdan yangilanishini kuchaytirishga ehtiyoj sezadi. 
Mashinasozlik kompleksini rivojlantirish uchun mashina va 
asbob-uskunalarning 
mustahkamligi 
va 
sifatini 
oshirish, 
mashinasozlik buyumlarining absolyut va nisbiy salmog‘ini (texnik 


308 
miqdor birligiga nisbatan) kamaytirish yo‘li bilan mahsulotlarning 
metall va energiya sig‘imlarini kamaytirish muhim hisoblanadi. 
Ishlab chiqarishni diversifikatsiya va modernizatsiya qilish 
resurslarni tejab-tergash jarayoni va iqtisodiyotning muvozanatli 
rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq. Shu bilan birgalikda xalq iste’moli 
tovarlarini ishlab chiqarish ijtimoiy ahamiyatining o‘sishiga ham 
alohida e’tibor bermoq lozim. O‘zbekistonda sobiq SSSRdan 
meros 
bo‘lib 
qolgan 
iqtisodiyot 
tarmoqlarida 
iste’mol 
predmetlarining salmog‘i va ularning sifati pastligi oqibatida 
iste’mol talablarini qondirish muammosi hali o‘z yechimini to‘la 
topmagan. 
Ishlab chiqarishni diversifikatsiya va modernizatsiya qilish 
uzoq muddatli investitsion va moliyaviy resurslarni jalb qilish bilan 
bog‘liq. Xuddi shu maqsadlarga kichik biznesni samarali 
rivojlantirish ham xizmat qiladi. Ishlab chiqarishning fan sig‘imini 
oshirish uchun moliyaviy resurslarni jalb qilish bo‘yicha kompleks 
choralar ishlab chiqish va ularni izchillik bilan amaliyotga joriy 
etish alohida ahamiyatga ega. Marketing sohasida ta’sirchan 
siyosatni amalga oshirish, ishlab chiqarishni texnologik jihatdan 
yangilash va mahsulotlar yangi turlarini o‘zlashtirishning oqilona 
strategiyasini tanlash kerak. 
Ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan qayta qurish asosida 
diversifikatsiya va modernizatsiya qilish zamonaviy bozor 
infratuzilmasini yaratish, xususan, iqtisodiyotning transport-
kommunikatsion kompleksini rivojlantirish bilan o‘zaro bog‘langan. 
Uning vazifasi transport chiqimlarini qisqartirish va xizmatlarning 
sifatini oshirish hisobidan iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida 
transport xarajatlarini kamaytirishdan iborat. Xalqaro andozalarga 
mos keladigan raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqa-
rishning murakkabligini inobatga olgan holda dunyo ishlab 
chiqaruvchilarining markasidan foydalanib qo‘shma XYuSlarga 
asos solish va ularning rivojlanishini ta’minlash ham muhim 
ahamiyatga ega. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin