Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


minimum xarajat qilib, maksimum samara olish



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 minimum xarajat qilib, maksimum samara olish
. Davlat 
byudjeti mablag‘lari ulardan foydalanishning eng yuqori samarasi 
ta’minlangandagina taqdim qilinishi kerak. Bunday samara, bir 
tomondan, 
mamlakat 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishining 
turli 
vazifalarini hal etish, ikkinchi tomondan esa, davlat byudjeti 
mablag‘larini oluvchilarning daromadlari o‘sishi hisobidan pul 
mablag‘larining byudjetga qayta oqib kelishi bilan ifodalanishi 
mumkin; 

 davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanishning maqsadli 
xarakterdaligi
. Yuridik shaxslar oldindan maqsadlari aniqlangan 
va tasdiqlangan davlat byudjeti asosida byudjetdan mablag‘ olishi 
mumkin. Bu prinsipga qat’iy rioya qilish davlat byudjeti 
mablag‘laridan samarasiz foydalanishga to‘sqinlik qiladi; 

 ko‘zda tutilgan rejalarning bajarilishi va oldin berilgan 
mablag‘larning foydalanilganligini inobatga olgan holda davlat 
byudjeti mablag‘larini taqdim etish
. Byudjetdan moliyalashtirish 
ko‘rsatkichlarning bajarilishiga bog‘liqligi moliyaviy organlarga 
korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyati ustidan samarali va 
ta’sirchan nazoratni amalga oshirishga imkon beradi; 

 davlat byudjeti mablag‘larining qaytariluvchan emasligi

Davlat byudjeti mablag‘lari subyektlarga ularni majburiy ravishda 
byudjetga qaytarmaslik sharti bilan taqdim etiladi; 
425 

 davlat byudjeti mablag‘larining tekinligi (bepulligi).
Byudjetdan mablag‘lar subyektlarga foiz ko‘rinishida qandaydir 
daromadlarni davlatga to‘lamasdan yoki mablag‘larni to‘lashning 
boshqa ko‘rinishlarisiz ajratiladi. 
Byudjetdan moliyalashtirish amaliyotida umumiy tamoyillar 
bilan birgalikda xususiy prinsiplardan ham foydalaniladi. Ularning 
tarkibiga quyidagilar kiradi: 

davlat 
byudjeti mablag‘larini faqat 
ishlab chiqarishni 
kengaytirish xarajatlariga ajratish; 

davlat byudjeti mablag‘larining hajmini aniqlashda “qoldiq” 
yondashuvidan foydalanish;

byudjetdan moliyalashtirishda rejalashtirilayotgan xarajatlarni 
kredit usuli orqali ta’minlash bilan birgalikda foydalanish; 

korxonalarning moliyaviy holatini davlat byudjeti orqali 
tartibga solish prinsipi va boshqalar. 
Davlat 
byudjeti 
mablag‘lari 
amaliyotida 
byudjetdan 
moliyalashtirishning turli usullaridan foydalaniladi. Uning quyidagi 
ikki usulini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: 


Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin