Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


“netto-byudjet” tizimi bo‘yicha moliyalashtirish



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 “netto-byudjet” tizimi bo‘yicha moliyalashtirish
. Pul 
mablag‘larini taqdim etishning bu usuli shu bilan xarakterlanadiki, 
unga ko‘ra davlat byudjeti mablag‘lari tasdiqlangan byudjetda 
ko‘zda tutilgan xarajatlarning cheklangan bir qismiga ajratiladi; 

 “brutto-byudjet” tizimi bo‘yicha moliyalashtirish
. Bu usul 
byudjetdan to‘liq moliyalashtiriladigan korxona va tashkilotlar 
uchun qo‘llaniladi. Davlat byudjeti mablag‘lari bu holda davlat 
byudjeti tashkilotini joriy saqlash va uning faoliyatini kengaytirish 
bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning barcha turlari uchun ajratiladi. 
Pul mablag‘larini taqdim etishning yuqorida keltirilgan usullari 
byudjetdan moliyalashtirishning quyidagi shakllari yordamida 
amalga oshiriladi: 

davlat byudjeti tashkilotini saqlash uchun mablag‘lar; 

davlat va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 
shartnomalari bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 
bajarilgan tovarlar, ishlar va xizmatlarni to‘lash uchun mablag‘lar; 

aholiga transfertlar; 

jismoniy va yuridik shaxslarga subvensiya va subsidiyalar; 

quyi byudjetlarga va davlatning byudjetdan tashqari 
jamg‘armalariga dotatsiya, subvensiya va subsidiyalar; 


448 

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari, 
shuningdek‚ soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy 
yo‘nalishlari loyihalarini ko‘rib chiqish hamda tegishli xulosa 
taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga 
yuboradi; 

byudjetnoma loyihasini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi; 

byudjetnomani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
palatalariga taqdim etadi; 

davlat boshqaruvi organlarining Davlat byudjetini va davlat 
maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini ijro etish borasidagi 
faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi; 

Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari 
byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni har chorakda ko‘rib 
chiqadi; 

o‘tgan moliya yili uchun Davlat byudjetining va davlat 
maqsadli 
jamg‘armalari 
byudjetlarining 
ijrosi 
to‘g‘risidagi 
hisobotlarni tashqi audit o‘tkazish hamda baholash uchun 
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi; 

Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari 
byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni 
tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
Qonunchilik palatasiga taqdim etadi; 

Qonunchilikda nazarda tutilgan holatlarda moliya yili 
mobaynida Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari 
byudjetlari parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi 
takliflarni ko‘rib chiqadi; 

O‘zbekiston 
Respublikasi 
respublika 
byudjetining 
qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul 
qiladi; 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira 
jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul 
qiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun 
hujjatlariga muvofiq davlat byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni 
ham amalga oshirishi mumkin. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin