516
Davlat aktivlari oldi-sotdisi bo‘yicha tuzilgan va bekor qilingan
shartnomalar, berilgan qarzlar bo‘yicha tushgan penya va
jarimalar summalari quyidagi tartibda taqsimlanadi:
•
50 foizi – Davlat raqobat qo‘mitasining byudjetdan tashqari
jamg‘armasiga o‘tkaziladi;
•
qolgan qismi – yuqorida aytib o‘tilgan taqsimotga muvofiq
taqsimlanadi.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan berilgan qarzlarning asosiy
summasi va ular bo‘yicha hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan
tushumlar summasi to‘liq miqdorda Jamg‘arma hisobiga
o‘tkaziladi.
Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari
tomonidan xarajatlarni amalga oshirishda tovar yetkazib
beruvchilar bilan shartnomalar quyidagi holatlarda tanlov (tanlab
olish)ni o‘tkazmasdan tuzilishi mumkin:
•
davlat aktivlari to‘g‘risidagi reklamalarni va axborot tusidagi
e’lonlarni ommaviy axborot vositalarida joylashtirish, shuningdek‚
reklama va e’lonlarni tashqi reklama vositalarida (bilbordlar,
bannerlar va boshqalarda) joylashtirish;
•
davlat aktivlarini sotishda, shuningdek‚ yuridik shaxslarning
aksiyalari (ulushlari, paylari)ni va boshqa aktivlarni davlat
manfaatlarini ko‘zlab sotib olishda birja va birjadan tashqari
savdolarga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar
tomonidan xizmatlar ko‘rsatish;
•
Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish,
raqobatni rivojlantirish va korporativ boshqaruv muammolari
tadqiqotlari markazi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar,
metodik hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot va
boshqa ishlarni amalga oshirish;
•
Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi va Davlat raqobat
qo‘mitasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish
respublika markazida Davlat raqobat qo‘mitasi va uning tarkibiy
bo‘linmalari xodimlarini, shuningdek davlat ishonchli vakillari va
xususiylashtirilgan
korxonalar
negizida
loyihalarni
amalga
oshiruvchi tadbirkorlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va
o‘qitish;
•
Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi «Privatinformsistem»
axborot texnologiyalari markazi DUK tomonidan zamonaviy
axborot-texnologik kompyuter dasturlarini, elektron ma’lumotlar
bazasi va reestrlarini, lokal kompyuter tarmog‘ini ishlab chiqish,
joriy etish va ular bo‘yicha xizmat ko‘rsatish;
525
ishlab chiqarish va uni eksport qilish hajmlarini oshirish hamda
qo‘shilgan qiymat o‘sishini ta’minlashga imkoniyat beruvchi
loyihalarni qo‘shma moliyalashtirish;
•
Jamg‘arma boshqaruvi va ijro etuvchi apparatining ta’minoti
bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplashga.
Mablag‘larni berish muddati va shartlari Jamg‘armani
boshqarish bo‘yicha Kengash qarori bilan belgilanadi. Jamg‘arma
tomonidan beriladigan kredit resurslari bo‘yicha foiz stavkasi yiliga 6
foizgacha tabaqalashtirilgan miqdorlarda belgilanadi.
Jamg‘armaning kredit resurslari shartnomada belgilangan
chet el valyutasida ajratiladi.
Tijorat banki marjasining eng yuqori chegarasi Jamg‘arma va
tijorat banki o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasida har bir loyiha
bo‘yicha alohida belgilanadi.
Ajratilgan
mablag‘larning
qaytarilishi
tijorat
banklari
tomonidan kechiktirilgan holatlarda har bir kechiktirilgan kun uchun
muddati kechiktirilgan to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik summasining
0,01 foizi miqdorida (qarzga olingan mablag‘lar hajmining 10
foizidan oshmagan holda) penya undiriladi.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan birgalikda moliyalash-
tiriladigan import kontraktlari bo‘yicha avans to‘lovlarini to‘lash,
qoidaga ko‘ra, etkazib beruvchi tomonidan qayta moliyalashtiruvchi
tijorat bankiga birinchi darajali xorijiy bank tomonidan, avans
to‘lovini qaytarishga berilgan kafolatnomani taqdim etgan holda
amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: