524
bazaviy tarmoqlarida, shuningdek transport va telekommunikatsiya
sohasida Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan g‘oyat muhim
loyihalarni moliyalashtirish, shu jumladan xalqaro va xorijiy
moliyaviy
institutlar
ishtirokidagi
loyihalarda
O‘zbekiston
Respublikasi ulushini qo‘shma moliyalashtirish;
•
kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi
sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish
infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini moliyalash
maqsadida, shu jumladan Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan
qoplanadigan imtiyozli kreditlar berish;
•
yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida
strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarning ustav kapitaliga
investitsiya kiritish;
•
davlatning tashqi qarzlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari
va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin
to‘lash;
•
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan
modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturlari
doirasida tijorat banklariga xorijiy valyutada ochilayotgan kredit
liniyalari orqali investitsiya loyihalarini jadal moliyalashtirish hamda
amalga oshirish;
•
ayrim loyihalarning dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy
asoslarini ishlab chiqishni grant asosida yoki foizsiz kreditlar ajratish
yo‘li bilan moliyalashtirish;
•
yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar
hamda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa tovarlarni
tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq xarid qilish uchun imtiyozli
kreditlar berish;
•
birinchi navbatda istiqbolli, ammo etarlicha rivojlanmagan
hududlarda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini
shakllantirish bo‘yicha ijtimoiy jihatdan ahamiyatli milliy davlat
dasturlari va loyihalarini, Davlat byudjeti va investitsiya dasturining
tasdiqlangan parametrlari doirasida, grant asosida moliyalashtirish
(qo‘shma moliyalashtirish);
•
tijorat banklari bilan birgalikda qarz oluvchi korxonalarning
investitsiya dasturi (biznes-rejalari)ni, shu jumladan ishlab
chiqarishni texnik jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiqarish
quvvatlarining ishlatilishini ko‘paytirish, raqobatbardosh mahsulot
517
•
Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolari
o‘tkazish bo‘yicha Davlat tender komissiyasi qarorlari asosida
mahalliy ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan davlat aktivlarini
sotish bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatish;
•
baholovchi tashkilotlar tomonidan xizmatlar ko‘rsatish.
Baholovchi tashkilotlar xizmatlarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar
Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan va O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan Nizomga muvofiq
qoplanadi.
Jamg‘armaning joriy moliya yili yakuni bo‘yicha qoldiq
mablag‘lari olib qo‘yilmaydi va keyingi yilga o‘tadi.
Dostları ilə paylaş: