Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə221/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

1.Eng umumiylik 
prinsipi – jinsi, yoshi, millati, irqi, ishining joyi 
va xarakteri, mehnatga haq to‘lashning shaklidan qat’iy nazar, 
yoshi yoki nogironligi tufayli mehnatga layoqatsizligi sodir 
bo‘lganda ijtimoiy ta’minotning barcha mehnatkashlarga nisbatan 
qo‘llanilishini anglatadi. Bundan tashqari, eng umumiylik prinsipi 
mehnatkashlarning barcha toifalariga, ya’ni ishchilar, xizmatchilar, 
dehqonlar, harbiylar, o‘quvchilar va boshqa fuqarolarga nisbatan 
qo‘llaniladi. Shuningdek, ijtimoiy ta’minot boquvchisi vafot etgan 
oilaning mehnatga qobiliyatsiz barcha a’zolariga (balog‘at yoshiga 
etmagan bolalar, aka-ukalar, opa-singillar, nabiralar, qariyalar yoki 
mehnatga layoqatsiz er (xotin), ota, ona, bobo, buvi va boshqalar) 
nisbatan ham tegishlidir. 
2.Hammaga mumkinlik (lozimlik)
prinsipi – barcha uchun 
mumkin bo‘lgan u yoki bu pensiyani aniqlash (belgilash) huquqini 
beruvchi shart. Masalan, hayotning o‘rtacha davomiyligi 73,6 yil 
bo‘lganda qarilik bo‘yicha pensiya huquqi erkaklarda 60 yoshda, 
ayollarda esa – 55 yoshda, mehnatning og‘ir turlarida band 
bo‘lganlar uchun esa erkaklarda 50-55 yoshda, ayollarda esa – 
539 

o‘limi harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish yoki ichki ishlar 
organlarida xizmat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan harbiy xizmatchilar 
va ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalariga va yangi 
nikohga kirmagan beva xotinlariga (beva erlariga) — eng kam 
oylik ish haqining 30 foizi; 

O‘zbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlarga ega 
bo‘lgan shaxslarga — xizmatlarga qarab eng kam oylik ish 
haqining 100 foizidan 150 foizigacha; 

O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
“O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni 
qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
Farmonni amalga oshirish masalalari haqida» 1995-yil 28- 
oktyabrdagi 415-son qarorida ko‘rsatilgan tashkilotlarda ishlagan 
imtiyozli pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan artistlarga yoshidan 
qat’iy nazar — eng kam oylik ish haqining 75 foizi; 

O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
“O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni 
qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28- 
oktyabrdagi 415-son qarorida ko‘rsatilgan lavozimlarda va 
tashkilotlarda ishlagan (erkaklar uchun kamida 25 yil va ayollar 
uchun kamida 20 yil) teatr, konsert tashkilotlarining artistlari va 
badiiy xodimlariga, teatr va musiqa san’atining ijodiy xodimlarini 
tayyorlash bilan band bo‘lgan ta’lim muassasalarining professor-
o‘qituvchilar tarkibiga va konsertmeysterlariga — eng kam oylik 
ish haqining 50 foizi;

“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni uchun ustamalar eng kam 
oylik ish haqining 100 foizi miqdorida belgilanadi.
Respublika teatr-konsert tashkilotlaridan yoki teatr va musiqa 
san’ati ijodiy kadrlarini tayyorlovchi ta’lim muassasalaridan ishdan 
bo‘shagandan so‘ng pensiyani qayta hisoblash uchun murojaat 
etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab belgilanadi. 
Ustama haqlardan tashqari, ishlamaydigan pensionerlarga 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faxriy unvonlar uchun 
to‘lovlar miqdorini oshirish to‘g‘risida” 2007-yil 17-dekabrdagi PF-
3942-son Farmoniga ilovaga muvofiq faxriy unvonlar uchun 
qo‘shimcha haq, 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar 
pensiyasiga 
esa 
har 
oyda 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy 


538 
haqining 55%i (biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100 
foizidan kam bo‘lmagan miqdorda) yoshga doir pensiyaning 
bazaviy miqdori hisoblanadi (bunda bugungi kunda pensiyani 
hisoblash uchun qonun hujjatlarida pensiya tayinlanadigan 
sanaga belgilangan eng kam oylik ish haqining o‘n baravari 
miqdoridan ortiq bo‘lmagan summadagi o‘rtacha oylik ish haqi 
qabul qilinadi hamda pensiya tayinlash uchun qabul qilinadigan 
o‘rtacha oylik ish haqi eng kam oylik ish haqi miqdoridan kam 
bo‘lgan yoki ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq mavjud 
bo‘lmagan hollarda pensiya miqdori qonun hujjatlarida pensiya 
tayinlashni so‘rab murojaat qilingan kunda belgilangan eng kam 
oylik ish haqidan kelib chiqib mintaqaviy koeffitsiyent hisobga 
olinmasdan hisoblab chiqiladi) hamda pensiyani belgilash uchun 
talab qilinadigan umumiy mehnat stajidan ortiqcha bo‘lgan har bir 
to‘liq yil uchun o‘rtacha oylik ish haqining 1% miqdorida 
qo‘shimcha o‘rnatiladi. To‘liqsiz stajga ega bo‘linganda (bugungi 
kunda kamida 7 yillik ish staji bo‘lganda) pensiyaning miqdori 
erkaklarga nisbatan 25 yil va ayollarga nisbatan 20 yil qilib 
belgilangan to‘liq stajlarga muvofiq ravishda tayinlangan to‘liq 
pensiyalarga proportsional ravishda belgilanishi kerak. Biroq bunday 
pensiyaning miqdori qonunchilikda belgilangan yoshga doir eng 
kam pensiyaning 50 foizidan miqdoridan kam bo‘lmasligi lozim. 
Yoshga doir pensiyalar bo‘yicha quyidagi ustamalar belgilanishi 
mumkin: 

I guruh urush nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 
150 foizi; 

II guruh urush nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 
125 foizi; 

ko‘rish bo‘yicha I guruh nogironlariga — eng kam oylik ish 
haqining 100 foizi; 

I guruh nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 75 foizi; 

II guruh yolg‘iz nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 
50 foizi;

urush qatnashchilariga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga 
— eng kam oylik ish haqining 50 foizi; 

1941-1945-yillardagi urush davrida front orqasida ishlagan 
va harbiy majburiyatlarni bajargan shaxslarga — eng kam oylik 
ish haqining 30 foizi; 
535 
45-50 yoshda vujudga keladi. Bu pensiyani olish uchun zarur 
bo‘lgan mehnat staji erkaklar uchun 25 yil, ayollar uchun esa – 20 
yil, mehnatning og‘ir turlarida band bo‘lganlar uchun bundan ham 
pastroq qilib belgilangan. Demak, barcha xolis (sidqidildan) xizmat 
qiluvchilar uchun bu stajga qarilik yoshiga yetgundan ancha oldin 
erishish mumkin. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin