546
Jamg‘arib
boriladigan
pensiya
tizimida
hisobga
olinayotganda
fuqarolarga
Xalq
banki
umrbod
qilib
belgilanadigan, doimiy shaxsiy tartib raqamli shaxsiy jamg‘arib
boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochadi. Shaxsiy jamg‘arib
boriladigan pensiya hisobvaraqlariga tartib raqami berish
fuqarolarning pasportidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Fuqarolarning yashash yoki ish joyi yoxud pasportidagi
ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda shaxsiy jamg‘arib boriladigan
pensiya hisobvarag‘i tartib raqami o‘zgarishsiz qoladi va yangi
shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i ochish talab
etilmaydi. Fuqaroning jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini
olish huquqini tasdiqlovchi jamg‘arib boriladigan pensiya
daftarchasi fuqaroga shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya
hisobvarag‘i ochilganidan keyin Xalq banki tomonidan beriladi.
Jismoniy shaxslarning qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab
chiqarilgan daromad solig‘ining tegishlicha kamaytirilgan summasi
hisobiga jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini ish
beruvchi har oyda to‘lab boradi.
Jamg‘arib boriladigan majburiy
pensiya badallarining
miqdori xodimlarning, shu jumladan ishlayotgan pensionerlarning
ish haqi va boshqa daromadi summasi asosida hisoblab
chiqariladi hamda har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan navbatdagi yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston
Respublikasi Davlat byudjetini shakllantirish vaqtida belgilanadi.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari Xalq
bankida shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarida
mablag‘larni jamlash yo‘li bilan shakllantiriladi. Shaxsiy jamg‘arib
boriladigan pensiya hisobvaraqlarida mablag‘larni shakllantirish
manbalari quyidagilardan iborat:
•
jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallari;
•
jamg‘arib boriladigan ixtiyoriy pensiya badallari;
•
shaxsiy jamg‘arib boriladigan
pensiya hisobvaraqlari
mablag‘lariga hisoblab chiqarilgan foizlar;
•
qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa mablag‘lar.
Jamg‘arib
boriladigan
pensiya
tizimi
mablag‘laridan
jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari to‘lash uchun foydalaniladi.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘laridan jamg‘arib
boriladigan pensiya tizimi bilan bog‘liq bo‘lmagan majburiyatlarni
559
olish munosabati bilan berilgan qo‘shimcha ta’til davrida
homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til berilgan holda, nafaqa
ko‘rsatilgan davr tugagandan keyin ayol chiqishi lozim bo‘lgan
kundan boshlab beriladi.
Xodim yillik (asosiy va qo‘shimcha) ta’tilda va bolani
parvarishlash uchun ta’tilda bo‘lgan vaqtda homiladorlik va tug‘ish
bo‘yicha ta’til berilganda, nafaqa homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha
ta’tilning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan
barcha kunlari uchun beriladi. Bolani parvarishlash bo‘yicha ta’til
davri uchun nafaqa tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) va ta’til
boshlanishidan oldingi 12 oy mobaynida
olingan mukofotlarning
o‘rtacha oylik summasidan hisoblab chiqariladi. Bunda vaqtincha
mehnatga layoqatsizlik varaqasi ochilgan kuniga bo‘lgan tarif
stavkasi joylarda belgilangan tuman koeffitsiyenti va ustamalarni
hisobga olgan holda olinadi.
Ish haqi to‘lash to‘xtatilib, ishdan (lavozimdan) chetlashtirish
oqibatida ayol ishlamagan davrda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha
ta’til uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilgan holda nafaqa
to‘lanmaydi. Agar homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til ishga
qo‘yilgandan keyin ham davom etadigan bo‘lsa, nafaqa u ishga
chiqishi lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi.
Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa tayinlanganda ham,
ish haqining 100 foizi miqdorida beriladi.
Dostları ilə paylaş: