574
joylashtirish
hamda
eski
qarzni
qaytarib,
investor
o‘z
yo‘qotmalarini kamaytirishi mumkin.
Qarzlarni qaytarishning ikki usuli bo‘lishi mumkin:
•
bir vaqtning o‘zida;
•
qismlarga bo‘lib.
Agar qarzlar qismlarga bo‘linib qaytarilayotgan bo‘lsa,
qaytarish muddatlari bo‘yicha qarz summalarining taqsimlanishiga
ko‘ra quyidagi uch variant bo‘lishi mumkin:
1) aniqlangan davr, masalan, 4 yil ichida teng qismlarga bo‘lib
qaytarish. Bu holda, masalan, qarzning summasi 10 mln. so‘m
bo‘lsa, har yili 2,5 mln. so‘mdan qaytariladi;
2) oshib boriladigan qismlarda. Masalan, birinchi yil 1 mln.
so‘m, ikkinchi yilda – 2 mln. so‘m, uchinchi yilda – 3 mln. so‘m va
to‘rtinchi yilda – 4 mln. so‘m. Qarzdorning daromadlari yildan-yilga
o‘sib (oshib) borayotgan paytda bu tizim juda qulay hisoblanadi.
Masalan, boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda, ishbilarmonlik
faolligining oshishi natijasida soliq tushumlari o‘sishi ko‘zda tutiladi
yoki qurilishga qarz mablag‘lari jalb qilingan obyekt, sekin-astalik
bilan o‘z quvvatiga ega bo‘la borib, yildan-yilga kattaroq summada
foyda keltira boshlaydi;
3) pasayib boradigan qismlarda. Masalan, birinchi yilda – 4
mln. so‘m, ikkinchi yilda – 3 mln. so‘m, uchinchi yilda – 2 mln.
so‘m va h.k. Bunday tizim qarzdorning daromadlarini pasayishi
yoki xarajatlarining ortishi kutilayotgan paytda afzalliklarga ega va
ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: