Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega 
bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga 
nafaqalar. 
Ushbu nafaqa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 
2011-yil 
7-aprel 
kuni 
qabul 
qilingan 
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining 
Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish uchun zarur 
bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi Qaroriga 
asosan 
tayinlanadi.
 
Nafaqa 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
fuqarolariga, shuningdek‚ O‘zbekiston Respublikasida doimiy 
yashaydigan 
xorijiy 
fuqarolarga 
va 
fuqaroligi 
bo‘lmagan 
shaxslarga beriladi Nafaqa yoshga doir nafaqa, nogironlik 
nafaqasi (bolalikdan nogironlardan tashqari) hamda boquvchisini 
yo‘qotganlik nafaqasi bo‘yicha farqlanadi. Nafaqa olish huquqiga 
ega bo‘lgan shaxslar nafaqa olish huquqi paydo bo‘lgandan so‘ng 
biron-bir muddat bilan cheklashsiz, istalgan vaqtda uning 
tayinlanishi uchun murojaat qilishlari mumkin. 
Nafaqa qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi. 
Nafaqalarni tayinlash va to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining 
tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yoshga doir nafaqa 
ish stajiga ega bo‘lmagan, bugungi 
kunda 7 yildan kam ish staji mavjud bo‘lib, yoshga doir pensiya 
tayinlash uchun yetarli ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga 
tayinlanadi. Yoshga doir nafaqa erkaklarga 65 yoshga 
yetganlarida, ayollarga — 60 yoshga yetganlarida tayinlanadi. 
Haq to‘lanadigan ish bajarayotgan yoki boshqa daromad 
manbaiga ega bo‘lgan (alimentlar yoki stipendiyalar olish bundan 
mustasno) shaxslarga yoshga doir nafaqa tayinlanmaydi. Ish 
stajiga ega bo‘lmagan shaxsga yoshga doir nafaqa mehnatga 
layoqatli 
voyaga 
yetgan 
farzandlari, 
qarindoshlari 
yoki 


550 
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni 
ta’minlashga majbur bo‘lgan boshqa shaxslar bo‘lmagan taqdirda 
tayinlanadi. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda o‘tkazilgan 
tekshirishda ish stajiga ega bo‘lmagan va yoshga doir nafaqa 
so‘rab murojaat etgan shaxsni ta’minlashga majbur bo‘lgan 
qarindoshlarining yoki boshqa shaxslarning moddiy nochorligi 
aniqlangan hollarda yoshga doir nafaqa yoshga doir nafaqa 
so‘rab murojaat qilgan shaxsga moddiy yordam bera olmaydigan 
qarindoshlar yoki boshqa shaxslar bor bo‘lgan taqdirda ham 
yoshga doir nafaqa tayinlanishi mumkin.
Nogironlik nafaqasi
nogironlik sodir bo‘lgan hollarda
yoshidan qat’iy nazar, ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh 
nogironligi bo‘lgan shaxslarga tayinlanadi va to‘lanadi. Mehnat 
faoliyatiga layoqati cheklanganligi darajasini aniqlash uchun tibbiy 
tekshirish (mehnatga layoqati doimiy yoki uzoq muddat 
yo‘qotilganda) Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari yo‘llanmalari 
bo‘yicha tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan amalga 
oshiriladi. Qabul qilingan xulosa asosida TMEK yetti kun 
muddatda tibbiy tekshirish dalolatnomasidan ko‘chirmani Pensiya 
jamg‘armasi 
bo‘limiga 
yuboradi. 
Ishlayotgan 
yoki 
hayot 
kechirishning boshqa manbalariga (alimentlar yoki stipendiyalar 
olish bundan mustasno) ega bo‘lgan I guruh nogironlarga va II 
guruh nogironlarga nafaqa tayinlanmaydi. Nogironlik nafaqasi 
mehnatga layoqat yo‘qotilishining butun davri uchun tayinlanadi. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin