566
bo‘g‘ini sifatida esa davlat krediti davlatning markazlashtirilgan pul
fondlarini (byudjet va byudjetdan tashqari fondlarni) shakllantirish va
ulardan foydalanish jarayoniga xizmat qiladi.
Kreditning bir turi sifatida davlat krediti klassik (mumtoz)
moliyaviy kategoriyalardan, masalan, soliqlardan farq qiluvchi bir
necha o‘ziga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlarga egadir:
•
davlat krediti soliqlarga nisbatan ixtiyoriylik xarakteriga ega.
Ayrim hollarda amaliyotda, u yoki bu davlatlar tarixida bu prinsipdan
chekinish va davlat zayomlarini
joylashtirishda majburiylik
holatlariga ham yo‘l qo‘yiladi;
•
agar soliqlar faqat bir yo‘nalishda – soliq to‘lovchilardan
byudjetga yoki byudjetdan tashqari jamg‘armalarga – harakat
qilsa (bunga teskari yo‘nalishdagi harakat faqat ortiqcha to‘langan
yoki xato undirilgan soliqlar qaytarilayotgandagina sodir bo‘lishi
mumkin), qaytaruvchanlik va haqlilik (to‘lovlilik) davlat kreditining
asosini tashkil etadi. Haqiqatdan ham davlat kreditiga ma’lum bir
vaqt o‘tganidan so‘ng o‘tkazilgan summa foizi bilan qaytarilishi
kerak.
Umuman
olganda,
davlat
krediti
boshqa
moliyaviy
kategoriyalardan o‘zining quyidagi xarakterli xususiyatlari bilan
farqlanadi:
•
agar bank kreditini taqdim etishda ta’minlanganlik
elementi
sifatida konkret boyliklar – ombordagi tovarlar, tugallanmagan
ishlab chiqarish va boshqa shunga o‘xshashlar maydonga
chiqadigan
bo‘lsa,
davlat
tomonidan
mablag‘lar
qarzga
olinayotganda uning egaligida bo‘lgan barcha mol-mulk, ma’lum
bir hududiy birlikning mulki yoki uning
qandaydir bir daromadi
davlat kreditining ta’minlanganlik elementi bo‘lishi mumkin;
•
Markaziy hukumat darajasida davlat krediti aniq maqsadli
xaraktyerga ega bo‘lmaydi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan,
hokimiyatning quyi darajalarida olingan qarziy mablag‘lar aniq
ifodalangan maqsadli xarakterga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Masalan,
yangi yo‘llarni va turar-joy massivlarini qurish uchun olingan qarz
mablag‘lari ana shunday xaraktyerga egadir;
•
har qanday qarz oluvchi singari davlat ham mablag‘larni
oldindan belgilangan muddatlarga jalb qiladi va bu muddatlar
davlat kreditining aniq shartlarida o‘z ifodasini topadi.
571
beruvchilar esa fuqarolar yoki yuridik shaxslar hisoblanadi. Davlat
qarzlari ixtiyoriy bo‘lib, muomalaga chiqarilgan qarzlarning shartlarini
o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat
krediti
quyidagi
bir
necha
belgilarga
ko‘ra
klasssifikatsiya qilinadi:
1)
Dostları ilə paylaş: