23.2. Davlat krediti klassifikatsiyasi
Byudjet defitsitini moliyalashtirish uchun davlat boshqaruv
organlari qarz mablag‘larini, qarzlarni jalb qilishga majburdir.
Qarz mablag‘larini, qarzlarni jalb qilish, odatda, qarz
shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, bir tomon
(qarz beruvchi) ikkinchi tomonning (qarz oluvchining) mulkiga
ma’lum belgilarga ega bo‘lgan pul mablag‘lari yoki boshqa
buyumlarni beradi, qarz oluvchi esa shu summadagi pul
mablag‘lari (qarz summasi) yoki teng miqdor va sifatdagi
buyumlarni
qarz
beruvchiga
qaytarish
majburiyatini
oladi.
Shartnoma bo‘yicha qarz oluvchi davlat yoki uning subyektlari, qarz
567
Davlat kreditining mazmun-mohiyati uning bajaradigan
funksiyalari orqali yaqqol namoyon bo‘ladi. Moliyaviy kategoriya
sifatida davlat krediti quyidagi funksiyalarni bajaradi:
•
taqsimlash;
•
tartibga solish;
•
nazorat.
Davlat kreditining taqsimlash funksiyasi orqali davlatning
markazlashtirilgan pul fondlarini shakllantirish yoki muddatlilik,
haqlilik va qaytaruvchanlik prinsiplari asosida ulardan foydalanish
amalga oshiriladi. Davlat qarz oluvchi (qarzdor) sifatida
maydonga chiqib, o‘z xarajatlarini moliyalashtirishni qo‘shimcha
mablag‘lar
bilan
ta’minlaydi.
Sanoati
taraqqiy
etgan
mamlakatlarda
davlat
qarzlari
byudjet
defitsitini
moliyalashtirishning asosiy manbai bo‘lib hisoblanadi. Shuning
uchun ham hozirgi sharoitda davlat qarzlari orqali olinadigan
tushumlar byudjet xarajatlarini moliyalashtirishning soliqlardan
keyingi ikkinchi metodidir. Bu narsa soliq tushumlarining oshishiga
nisbatan byudjet xarajatlari o‘sish sur’atlarining yuqoriligi bilan
izohlanadi.
Kapital xaraktyerdagi xarajatlarni qarzga olingan mablag‘lar
hisobidan moliyalashtirish ma’lum chegaralarda ijobiy ahamiyatga
ega. Masalan, maktab yoki kutubxona uzoq muddatga
xizmat
qilganligi uchun bir emas, bir necha avlodning ehtiyojlarini
qondirishi mumkin. Shunday ekan, nega ularning qurilishi maktab
va kutubxonaning xizmatidan foydalanishga ulgurmaydiganlarning
soliqlari hisobidan bir necha yilga to‘lanishi kerak? Bunday
holatlarda ana shunga o‘xshagan obyektlarni qurish bilan bog‘liq
bo‘lgan moliyalashtirish masalalarini ularning xizmatlaridan
foydalanishi mumkin bo‘lgan barcha avlodning zimmasiga yuklash
oqilonadir. O‘z navbatida, moliyalashtirish manbalarini vaqt
nuqtayi nazaridan uzaytirish (cho‘zish) o‘sha muddatga zayomlar
chiqarish yo‘li bilan ta’minlanishi mumkin. Bu holda maktab yoki
kutubxona qurayotgan avlod keyingi avlod bilan bir xil moliyaviy
yukni o‘z elkasida ko‘tarishiga erishiladi. Chunki bu holda ular
tomonidan to‘lanadigan soliqlar hisobidan asosiy qarz, ular
bo‘yicha foizlar ham qaytariladi.
Shunday qilib, davlat krediti taqsimlash funksiyasining ijobiy
ta’siri natijasida, vaqt nuqtayi nazaridan, soliq yuki og‘irligining
nisbatan tekisroq taqsimlanishiga erishiladi. Davlat qarzlari
568
hisobidan xarajatlarni moliyalashtirish davrida olinayotgan soliqlar
miqdori oshmaydi va uning og‘irgi ortmaydi. Aks holda, ya’ni
xarajatlarni moliyalashtirishga davlat tomonidan qarzga olingan
mablag‘lar jalb qilinmasa, bu narsani, boshqa sharoitlar teng
bo‘lgan taqdirda, faqat soliqlar miqdorini oshirish va uning
og‘irligini orttirish evaziga moliyalashtirish mumkin. Shuning
uchun ham olingan kreditlar qaytarilayotgan paytda soliqlar ularni
to‘lash uchun olinmasdan, balki qarzlar bo‘yicha foizlarni
qaytarish uchun ham olinadi.
Davlat qarziga xizmat qilish va uni qaytarish bilan bog‘liq
bo‘lgan xarajatlarni moliyalashtirishda soliqlar asosiy, lekin yagona
manba emas. Bunday xarajatlarni moliyalashtirish manbalari
mablag‘lardan foydalanishning yo‘nalishlariga bog‘liq. Agar davlat
tomonidan jalb qilingan kapitallar unumli joylashtirilsa, qurib
bitkazilgan obyekt ishga tushganidan so‘ng foyda keltira
boshlaydiki, uning hisobidan, jumladan, olingan qarzlar qaytarilishi
mumkin. Bu holda soliq yuki og‘irligining kuchaytirilishiga hech
qanday hojat qolmaydi.
Davlat qarzlarini jalb qilish evaziga olingan kapitallardan
unumsiz foydalanilsa, masalan, ular hisobidan harbiy yoki ijtimoiy
xarajatlar moliyalashtirilsa, ularning qaytarishning yagona manbai
soliqlar yoki yangi qarzlar bo‘lishi mumkin. Oldin chiqarilgan
zayomlarni
qaytarish
uchun
davlatning
yangi
zayomlarini
joylashtirilishiga davlat qarzlarini qayta moliyalashtirish deyiladi.
Davlatning qarz olishi natijasida soliq og‘irligining kuchayishi
ularning muddatiga va qarz oluvchi tomonidan to‘lanadigan
kreditlarning foizlari darajasiga bog‘liq. Investor uchun davlat
qarzining daromadlilik darajasi qancha yuqori bo‘lsa, davlat
shunchalik
katta
soliqlar
qismini
ularni
qaytarish
uchun
yo‘naltirishga majbur. Davlat qarzining o‘lchami qanchalik katta
bo‘lsa, boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda, ularga xizmat qilish
uchun yo‘naltirilayotgan mablag‘larning salmog‘i shuncha yuqori
bo‘ladi.
Davlat o‘z krediti orqali kredit munosabatlariga kirisha turib,
ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ravishda pul muomalasining holatiga, pullar
va kapitallar bozoridagi foiz stavkalarining darajasiga, ishlab
chiqarishga va aholi bandliligiga ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyotni
tartibga solish vositasi sifatida davlat kreditidan ongli ravishda
foydalanib, u yoki bu moliyaviy siyosatni amalga oshirishi mumkin.
569
Davlat qarzlarni investorlarning turli guruhlari o‘rtasida
joylashtirib, pul muomalasini tartibga soladi; jismoniy shaxslarning
mablag‘larini jalb qilib, ularning to‘lovga qobiliyatli talabini
kamaytiradi. Davlat krediti hisobidan ishlab chiqarish xarajatlari,
masalan, investitsiyalar moliyalashtirilsa, muomaladagi naqd pul
massasining mutlaq qisqarishi sodir bo‘ladi. Shuningdek, davlat
krediti hisobidan o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining ish haqlari
moliyalashtirilsa, aholining to‘lovga qobiliyatli talabining tarkibiy
tuzilishi o‘zgarsada muomaladagi naqd pul massasi o‘zgarmasdan
qolaveradi.
Davlat qimmatli qog‘ozlarini sotish-sotib olish yoki ularning
garovi asosida kreditlar berish bo‘yicha Markaziy bank tomonidan
amalga oshiriladigan operatsiyalar mamlakat tijorat banklari
likvidligini tartibga solishning muhim vositalaridan biri bo‘lib
hisoblanadi.
Moliyaviy bozorda qarz oluvchi sifatida maydonga chiqib,
davlat qarziy mablag‘larga bo‘lgan talabni oshiradi va buning
hisobidan kredit baholarining ortishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Davlatning talabi qancha yuqori bo‘lsa, boshqa sharoitlar teng
bo‘lgan taqdirda, ssuda foizining darajasi shuncha yuqori bo‘ladi
va tadbirkorlar uchun kredit shunchaga qimmatlashadi. Qarz
mablag‘larining qimmatligi ishlab chiqarish sohasida tadbirkorlar
investitsiyalarining qisqarishiga majbur qiladi va bir vaqtning o‘zida, u
davlat
qimmatli
qog‘ozlarini
sotib
olish
ko‘rinishidagi
jamg‘armalarni rag‘batlantiradi.
Ma’lum chegaraga yetgunga qadar bu jarayon ishlab
chiqarishga keskin salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Agar mamlakatda
erkin kapitallar yyetarli darajada bo‘lsa, ular to‘liq qo‘shib
olingunga qadar salbiy ta’sir darajasi nolga teng bo‘lib qolaveradi.
Shundan keyingina moliyaviy bozordagi davlatning faolligi ssuda
foizining o‘sishida o‘z ifodasini topadi, pul jamg‘armalarining katta
qismini unumsiz foydalanishga jalb qilinishi esa iqtisodiy o‘sish
sur’atlarini susaytiradi. Davlat kreditor va kafil sifatida faoliyat
ko‘rsatib, xorijdan qarzga olingan mablag‘lar hisobidan milliy
ishlab chiqarish mahsulotlariga talabni vujudga keltirib, ishlab
chiqarish va aholi bandliligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Sanoati
taraqqiy etgan mamlakatlarda kichik biznes, mahsulot eksporti yoki
ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi kuzatilayotgan alohida
mintaqalarda tegishli dasturlarga muvofiq banklar tomonidan
berilayotgan kreditlarni davlat tomonidan kafolatlanishi yo‘li bilan
ishlab chiqarishni rag‘batlantirish tizimi keng tarqalgan.
592
sug‘urta kompaniyasi), ikkitasi davlat mablag‘lari ishtirokida
tashkil etilgan bo‘lib, aksiyadorlik jamiyati shaklida tuzilgan
(“O‘zagrosug‘urta” va “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” aksiyadorlik
jamiyatlari). Aksariyat sug‘urta tashkilotlari mas’uliyati cheklangan
jamiyat, shu jumladan xorijiy investitsiya ishtirokidagi mas’uliyati
cheklangan jamiyati tarzida tashkil etilgan. Masalan, “EVROASIA
INSURANCE” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma
korxona, “IShONCh” banklararo sug‘urta kompaniyasi mas’uliyati
cheklangan jamiyati maqomiga ega.
Sug‘urta tashkilotlarining faoliyati boshqa xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning faoliyatidan tubdan farq qiladi. Avvalo, sug‘urta
tashkilotlari ko‘plab yuridik va jismoniy shaxslar - sug‘urta
qildiruvchilar oldida o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarish
uchun mas’ul hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda ularning
faoliyati davlat tomonidan nazorat qilinadi. Xususan, sug‘urta
faoliyatini nazorat qilishga vakolatli davlat organi – O‘zbekiston
Respublikasi moliya vazirligi tomonidan sug‘urta tashkilotlarining
to‘lov qobiliyatini ta’minlashga qaratilgan me’yorlar ishlab
chiqilgan. Shuningdek, sug‘urta tashkiloti rahbarlari va bosh
buxgalteriga nomzodlar uchun malakaviy talablar o‘rnatilgan.
Bundan tashqari, sug‘urta zaxiralarini shakllantirish, sug‘urta
tashkilotlarining investitsiya faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha ham
me’yoriy hujjatlar qabul qilingan va amal qiladi.
O‘zbekiston
Respublikasi
moliya
vazirligi
sug‘urta
tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi
maxsus vakolatli davlat organi bo‘lib hisoblanadi.
Sug‘urta
tashkilotlari
sug‘urta
faoliyatidan
boshqa
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin emas. Buni
shu bilan tushuntirish mumkinki, sug‘urta tashkilotlari savdo-
vositachilik operatsiyalari bilan shug‘ullansa, bu holat, pirovardida,
uning to‘lov qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston
Respublikasining
“Sug‘urta
faoliyati
to‘g‘risida”gi Qonunida sug‘urta tashkilotlarining huquq va
majburiyatlari ko‘rsatilgan. Mazkur qonunga asosan sug‘urtalovchi
quyidagi huquqlarga ega:
- qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda
sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomalari tuzish;
577
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi kelgusi moliya yili
uchun mamlakatning Davlat byudjetini qabul qilayotgan paytda
davlat ichki va tashqi qarzlarining eng yuqori miqdorlarini
tasdiqlaydi.
Davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilishga
hamda davlat qarzining ko‘payishiga olib keladigan boshqa
harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u
vakolat bergan organ (odatda, Moliya vazirligi yoki Markaziy
bank) tomonidan amalga oshiriladi.
Amaldagi tartibga muvofiq davlat tomonidan ichki va tashqi
mablag‘larni (qarzlarni) jalb qilish quyidagi maqsadlar uchun amalga
oshirilishi mumkin:
•
iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini, shu
jumladan, davlat investitsiya dasturlarini moliyalashtirish;
•
davlat byudjetining daromadlari bilan xarajatlari o‘rtasidagi
tushumlar vaqtga ko‘ra muvofiq emasligi tufayli kelib chiqqan yillik
ichki tafovutni (farqni) to‘g‘rilash;
•
mavjud qarzlarni qayta moliyalashtirish;
•
byudjet defitsitini moliyalashtirish;
•
tabiiy ofat va boshqa favqulodda vaziyatlar tufayli
mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlarni qoplash.
Davlat tomonidan ichki va tashqi qarz mablag‘larini jalb
qilishda qarz majburiyatlarining bir necha turlaridan foydalanish
mumkin. Ularning asosiylari va muhimlari tarkibiga quyidagilar
kiradi:
•
qisqa muddatli (bir yilgacha bo‘lgan davrga chiqariladigan),
o‘rta muddatli (bir yildan besh yilgacha bo‘lgan davrga
chiqariladigan) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq davrga
chiqariladigan) davlat g‘aznachilik qog‘ozlari;
•
kreditlar (qisqa, o‘rta va uzoq muddatli);
•
O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari;
•
byudjet daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi vaqtinchalik
farqni qoplash uchun qisqa muddatli ssudalar;
•
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlar.
Xorijiy investorlar tomonidan bir qismi sotib olinishi mumkin
bo‘lishiga qaramasdan shu davlatning rezidentlari hisoblangan
yuridik va jismoniy shaxslar davlat ichki qarzlari bo‘yicha asosiy
kreditorlar hisoblanadi. Bu qarzlar, odatda, milliy valyutada
muomalaga chiqariladi. Ichki qarz mablag‘larini jalb qilish uchun
milliy fond bozorida talabga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar
578
emissiya
qilinadi. Investorlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish uchun
esa turli soliq imtiyozlaridan foydalaniladi.
Davlatning
tashqi
qarzlari
boshqa
mamlakatlarning
valyutasida xorijiy fond bozorlarida joylashtiriladi. Bunday
qarzlarni joylashtirishda joylashtirilishi lozim bo‘lgan mamlakat
investorlarining o‘ziga xos bo‘lgan manfaatlari hisobga olinadi.
Amaliyotda qarziy mablag‘larni jalb qilish, asosan, ikki yo‘l
bilan amalga oshiriladi:
•
qarziy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish;
•
ixtisoslashtirilgan moliya-kredit institutlaridan kreditlar olish.
Qarziy qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish va ularni
joylashtirish tartibi har bir mamlakatning tegishli qonuni orqali
tartibga solib turiladi. Ana shu qonunga muvofiq, faqat mamlakat
hukumatining nomidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar davlat
qimmatli qog‘ozlari deb e’tirof etiladi.
Davlat qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalar fond bozorining
tarkibiga kiruvchi davlat qimmatli qog‘ozlar bozorida amalga
oshiriladi. Bu bozor quyidagi vazifalarni bajarishga imkon beradi:
•
byudjet defitsitini moliyalashtirish maqsadida yuridik va jismoniy
shaxslarning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini qarzga olish;
•
Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosati o‘tkazishni
ta’minlash;
•
tijorat banklari va moliyaviy institutlarning likvidligini tartibga
solishni amalga oshirish.
Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi natijasida vujudga kelgan va
mamlakatning
ichki
qarzini
tashkil
etuvchi
hukumatning
majburiyatlari shu mamlakatning milliy valyutasida ifodalanishi va
shu valyutada to‘lanishi kerak. Shunga o‘xshash, qimmatli
qog‘ozlar emissiyasi natijasida vujudga kelgan va mamlakatning
tashqi qarzini tashkil etuvchi hukumatning majburiyatlari xorijiy
valyutada ifodalanishi va shu valyutada to‘lanmog‘i lozim.
Har bir mamlakatda davlat tomonidan qarziy mablag‘larni jalb
qilishning yagona hisobga olish va qayd etish tizimi mavjud.
Buning uchun Moliya vazirligi hukumatning davlat ichki va tashqi
qarzlari kitobini yurgizadi.
Dostları ilə paylaş: |