570
Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashning kasodga uchrashi sodir
bo‘lganda davlatning kichik tadbirkorlik subyektlariga berilgan
kreditlar bo‘yicha banklarga bo‘lgan qarzlarni qaytarishni o‘z
zimmasiga olinishini anglatadi. Dunyoning sanoati rivojlangan
ko‘plab mamlakatlarida davlat yoki yarimdavlat kompaniyalari
faoliyat
ko‘rsatadiki,
ular
milliy
mahsulotlarni
eksport
qiluvchilarning to‘lovga qobiliyatsiz risklarini past stavkalar
bo‘yicha sug‘urta qiladilar. Shu yo‘l bilan milliy mahsulotning yangi
bozorlarni o‘zlashtirishi rag‘batlantiriladi.
Ishlab chiqarishni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashni
rag‘batlantirishda hududlar byudjetlari va byudjetdan tashqari
jamg‘armalari hisobidan beriladigan kreditlar katta rol o‘ynaydi.
Ularning yordamida ma’lum bir mintaqalar va u yoki bu hududlar
iqtisodiyoti kerakli yo‘nalishlarining yuqori sur’atlar bilan rivojlanishi
ta’minlanadi.
Davlat kreditining nazorat funksiyasi moliyaning nazorat
funksiyasi bilan organik ravishda qo‘shilib ketgan. Lekin uning bu
funksiyasi shu kategoriyaning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib
chiqqan quyidagi xarakterli belgilarga ega:
•
davlatning faoliyati va markazlashtirilgan pul mablag‘lari
fondining ahvoli bilan uzviy bog‘langan;
•
qiymatning ikki tomonlama harakatini qamrab oladi, chunki
mablag‘lar olinishining qaytarilishi va tiklanishini taqozo etadi;
•
faqat moliyaviy tarkibiy tuzilmalar tomonidan emas, balki
kredit institutlari tomonidan ham amalga oshiriladi.
Davlat kreditining nazorat funksiyasi orqali mablag‘lar
maqsadli foydalanilishi, ularning qaytarilish muddatlari va foizlarning
o‘z vaqtida to‘lanishi nazorat ostiga olinadi.
Dostları ilə paylaş: