Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar •
Ijtimoiy ta’minot deb nimaga aytiladi?
•
Ijtimoiy ta’minot bo‘yicha xarajatlarning asosiy ko‘rinishlari
nimalardan iborat?
•
Pensiyaning qanday ko‘rinishlari mavjud?
•
Nafaqalarning qanday asosiy ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin?
•
Ijtimoiy ta’minotning yana qanday shakllari ham amal qiladi?
•
“Ijtimoiy ta’minot” tushunchasining keng ma’noda talqini
nimalardan iborat?
•
“Ijtimoiy ta’minot” tushunchasi tor ma’noda qanday tasavvur
qilinadi?
•
Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy manbalari nimalardan iborat?
•
Ijtimoiy ta’minotni vujudga keltirishning (yaratishning,
qurishning, tuzishning) prinsiplari tarkibiga nimalar kiradi?
•
Hozirgi paytda pensiya tizimini isloh qilishning asosiy
negizida qanday prinsip yotadi va unga muvofiq pensiyalarning
qanday darajalarini o‘rnatish ko‘zda tutilmoqda?
•
Davlat pensiyasi to‘g‘risidagi qonunga muvofiq pensiyaning
qanday turlari qo‘llanilib kelinayapti?
•
Qarilik pensiyasiga xos bo‘lgan xususiyatlar nimalardan iborat?
•
Nogironlik pensiyasi qanday holatda tayinlanadi va uning
miqdoriga nimalar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi?
•
Boquvchisini
yo‘qotganligi
uchun
pensiya
kimlarga
mo‘ljallangan va uning darajasi nimalarga bog‘liq?
•
Xizmat qilgan yillari uchun pensiya qanday omillarga bog‘liq
ravishda o‘rnatiladi?
•
Ijtimoiy pensiya kimlar uchun belgilanadi?
•
Ijtimoiy nafaqalarning tarkibi nimalardan iborat bo‘lishi
mumkin?
•
Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar kimlarga beriladi?
•
Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqaning miqdori qanday
belgilanadi?
•
Bolaning ikki yoshga yetguniga qadar parvarishi bo‘yicha ta’til
davrida beriladigan nafaqa kimlarga berilishi mumkin?
573
Ayrim hollarda qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha qat’iy stavkalar
foizlarni to‘lash borasida davlat xarajatlari o‘sishining sabablari
bo‘lishi, boshqa bir hollarda esa ular foiz darajasining oshishini kutib
o‘tirgan investorlarni qo‘rqitib yuborishi mumkin.
Byudjet defitsitini qoplash uchun qarzlarni nisbatan yuqoriroq
darajada bo‘lgan foiz stavkalarida joylashtirishga to‘g‘ri keladi.
Qarz muddati, odatda, 20-30 yilni tashkil etayotgan qarz davri
davomida o‘zining qarz majburiyatlari bo‘yicha ana shunday foizni
o‘rnatib, davlat soliq to‘lovchilarning zimmasiga qo‘shimcha
xarajatlarni yuklaydi. Amaliyotda bunday vaziyatdan chiqib
ketishning ikki varianti mavjud:
1) pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojni qisqa yoki uzoq muddatli
qarzlar va uzoq muddatli qarzlarni (foiz stakasi pasayib ketgan
paytda) chiqarish bilan qoplash. Biroq bu holda qarz oluvchi yana
bitta qarzni chiqarish, joylashtirish va uni qaytarish (uzish) bilan
bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlarni amalga oshirishga majbur
bo‘ladi.
Bundan
tashqari,
investorlar
foiz
stavkasining
(ko‘tarilishini) kutib, ikkinchi chiqarilgan qarzga nisbatan qiziqish
bildirmaslik ehtimoli ham yerda bor;
2) qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha to‘lanadigan foizlarni uzluksiz
ravishda qayta ko‘rib borish. Bu holda yuqorida keltirilgan barcha
muammolar hal qilinadi. Hisob-kitob asosi sifatida, odatda,
mamlakatdagi banklararo kreditlar bo‘yicha foiz stavkasidan
foydalaniladi. Biroq bunday qarzlar juda katta kamchilikka ega,
ya’ni qarzdor o‘z xarajatlarini rejalashtirish imkoniyaga ega
bo‘lmaydi.