23.6. Davlat qarzlarini boshqarish O‘zbekiston Respublikasida davlat qarzini boshqarishning oliy
organi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidir. Oliy Majlis byudjet
defitsitini moliyalashtirish uchun jalb qilinishi lozim bo‘lgan
mablag‘lar va byudjet mablag‘lari hisobidan kreditlashtirishning
maksimal miqdorlarini belgilaydi. U yoki bu ko‘rinishdagi qimmatli
qog‘ozlarni
chiqarishning
chegaraviy
hajmini
O‘zbekiston
Respublikasi hukumati – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi o‘rnatadi. 2019-yilda davlat qarzining chegaraviy
hajmi
mamlakatda
yaratilayotgan
YaIMning
50
foizidan
oshmasligi zarur.
Davlat ichki va tashqi qarzlarini boshqarishni optimallashtirish
uchun ikki dasturni ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq:
•
tashqi qarzlarni olish davlat dasturi;
•
ichki qarzlarni olish davlat dasturi.
Bu dasturlar maqsadlari, manbalari va qaytarilish muddatlarini
ko‘rsatgan holda navbatdagi moliyaviy yilda olinishi lozim bo‘lgan
qarzlar ro‘yxatidan iboratdir. Dasturlar navbatdagi yil byudjetining
loyihasi bilan Oliy Majlisga taqdim etiladi va tasdiqlanishi kerak.
Xususan, tashqi qarzlar olish davlat dasturida ikki guruhga
bo‘lib, aks ettiriladi:
•
bog‘lanmagan (moliyaviy) qarzga olishlar (qarzlar);
•
maqsadli xorijiy qarzga olishlar (qarzlar).
Bularning har ikkalasi uchun ham yuqoridagi dasturda
alohida-alohida quyidagilar o‘z ifodasini topishi kerak:
•
bog‘lanmagan (moliyaviy) qarzga olishlar:
(qarzlar) bo‘yicha:
a) jalb qilish manbalari;
b) qarzga olish summalari;
d) qaytarish muddatlari.
587
•
Rezident-yuridik
shaxslarning
majburiyatlari
bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasining kafilliklari qanday organ tomonidan
sodir etiladi?
•
Davlatning ichki kreditlari qanday ko‘rinishlarga ega?
•
Byudjet kreditlari va byudjet ssudalari nima, ular bir-birlaridan
nimalari bilan farqlanadi?