584
•
“olovli” choralar – qayta moliyalashtirish va lombard
stavkalarini oshirish (ko‘tarish), qimmatli qog‘ozlar
va valyuta
bozorlarida Markaziy bankning intervensiyasi. Biroq bunday
choralar qisqa vaqt – 2 yoki 3 kun uchun ta’sirchan hisoblanadi;
•
xorijiy qarzga olish. Qimmatli qog‘ozlar bozoriga ta’sir
ko‘rsatish uchun qarz olishning o‘zi emas, balki kreditlarning
olinishi to‘g‘risida ishonch bo‘lishining o‘zi yetarlidir. Yuqoridagi
choralar singari bu guruhga kiruvchi choralar ham, ma’lum
darajada va ma’noda, tanazzulni
orqaga suruvchi va uning
ildizlariga barham bermovchi “olovli” choralar hisoblanadi;
•
davlat qimmatli qog‘ozlar milliy bozori nobarqarorligining
oldini olishga samarali va uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatishga uzoq
muddatli monitar choralarga moliyaviy bozorning chegarasidan
chetga chiquvchi choralar (xususan, soliq tizimi va soliqlarning
undirilishini tartibga solish, byudjet
defitsitini qisqartirish, iqtisodi-
yotning o‘sishiga erishish va h.k.lar) qo‘llanilsagina, erishish mumkin.
Davlat qarzlarini boshqarish mamlakatning iqtisodiy o‘sish
sur’atlari va sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan O‘zbekiston
Respublikasi byudjet siyosatining muhim qismi hisoblanadi.
Shuning uchun ham hozirgi sharoitda davlat qarzlarini
boshqarishda aniq bir konsepsiyaga ega bo‘lish alohida ahamiyat
kasb etadi. Bu konsepsiyada davlat qarzlarini boshqarish hamda
pul-kredit siyosati va valyuta siyosati o‘rtasidagi
aloqalarni davlat
qarzlarining davlat moliya tizimidagi o‘rnini, tashqi va ichki davlat
qarzlarining bir-birlari bilan bog‘liqligini aniqlash juda muhimdir.
Davlat qarzlarini boshqarish konsepsiyasini ishlab chiqishda eski
majburiyatlarni ularning yangilarini jalb etish hisobidan qaytarilishi
yyetarli darajada xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi inobatga
olinmog‘i kerak. Shuningdek, davlat qarzlarini tartibga solishning
yagona konsepsiyasi ishlab chiqilayotgan
paytda bu qarzlar
hajmining asoslanmagan tarzda oshirilib yuborilishi iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirish yo‘lida ta’sirchan to‘siq bo‘lishi
mumkinligi ham nazardan chetda qolmasligi lozim.
Dostları ilə paylaş: