556
vaqtincha
mehnatga
qobiliyatsizlik
nafaqasi
(mehnatda
mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari) ketma-ket
to‘rt oygacha yoki kalendar yilda besh oygacha beriladi.
Agar
ishlovchi
nogironning
vaqtinchalik
mehnatga
qobiliyatsizligi mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi tufayli
yuz bersa, nafaqa u to‘la sog‘aygunga yoki mehnatda mayiblanish
yoxud kasb kasalligi bilan bog‘liq nogironlik guruhi qayta ko‘rib
chiqilgunga qadar to‘lanadi.
Sil kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik
bo‘yicha nafaqa shaxs to‘la sog‘aygunga qadar, lekin ko‘pi bilan
10 oyga beriladi. Xodim sil kasalligi bilan qayta kasallanganda
yoki sil kasalligi oqibatida nogiron deb topilganda nafaqa ko‘pi
bilan 6 oyga beriladi. TMEK ko‘rigidan belgilangan muddatda
qayta o‘tmagan nogironga nafaqa mazkur bandda belgilangan
muddatlarga to‘lanadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik quyidagi davrlarga to‘g‘ri
kelganda nafaqa to‘lanmaydi:
•
ish haqi saqlanmagan ta’til;
•
bolani parvarishlash bo‘yicha ta’til;
•
ish vaqtincha to‘xtatilgan;
•
xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi to‘lash
to‘xtatib qo‘yilganligi sababli ishlamagan;
•
harbiy o‘quv yoki tekshiruv yig‘ini;
•
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘quv yurtlarida tahsil
olish munosabati bilan berilgan qo‘shimcha ta’til.
Ushbu davrlarda boshlanib, davom etayotgan mehnatga
qobiliyatsizlik nafaqasi xodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi)
lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi
hollarda berilmaydi:
•
ishdan yoki boshqa vazifalardan bo‘yin tovlash maqsadida
o‘z salomatligiga ataylab ziyon yetkazgan yoxud o‘zini kasallikka
solganda;
•
giyohvandlik yoki mastlik bilan bog‘liq harakatlar oqibatida,
shuningdek, spirtli va giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish
natijasida kasallikka chalinganda (jarohatlanganda);
•
jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanganda;
•
sud qarori asosida majburiy davolanishga yuborilganda
(ruhiy kasallardan tashqari);
549
Nafaqa barcha zarur hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda
murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi. 16 yoshdan katta
bolalikdan nogironga nafaqa nogironlikning butun davriga
tayinlanadi. Nogiron bolaga nafaqa tibbiy xulosa berilgan
muddatga tayinlanadi. OIV infeksiyasiga chalingan shaxsga
nafaqa u o‘n sakkiz yoshga to‘lgungacha bo‘lgan muddatga
tayinlanadi.
Dostları ilə paylaş: