554
Sanatoriy-kurortda
davolanishda,
agar
asosiy
va
qo‘shimcha ta’til xodimning sanatoriyda davolanishi uchun yetarli
bo‘lmasa, nafaqa beriladi. Bunday holda sanatoriy-kurortda
davolanishning barcha davri uchun (yo‘llanma, davolanish
muddati) sanatoriyga borish-kelish vaqtini qo‘shib, ammo
xodimning yillik ta’tilini chiqarib tashlagan holda nafaqa beriladi.
Asosiy va qo‘shimcha ta’tildan sanatoriyga borishdan oldin
foydalangan bo‘lsa ham nafaqa uni chiqarib tashlagan holda
beriladi. Bunda ish beruvchi ta’tilning yetmaydigan vaqti uchun
xodim bilan kelishib, unga ish haqi saqlanmagan ta’til beradi.
1941-1945-yillardagi
urush
nogironlariga,
baynalminal
jangchilarga, Chernobil AES falokati oqibatlarini tugatishda
qatnashgan shaxslarga, shuningdek, sanatoriyga davolanishni
davom ettirish uchun davolash muassasalaridan o‘tkir miokard
infarkti bilan kasallangan, jarrohlik uslubi bilan yurakning
aortakoronar shuntrovkasi va anevrizmlari, oshqozonning yaralik
kasalligi, o‘n ikki barmoq ichak kasalligidan davolangan va o‘t
pufagini olib tashlashdan keyin bevosita yuborilgan xodimlarga,
shuningdek‚ sil kasalligi bilan og‘riganlarga nafaqa sanatoriyda
bo‘lgan barcha vaqt uchun beriladi.
O‘n olti yoshgacha bo‘lgan nogiron bolani tarbiyalayotgan
ota-onalardan biriga (homiyga yoki vasiyga), nogiron bolaning
sanatoriyda davolangan barcha davri uchun (sanatoriyga borib-
kelish vaqtini hisobga olib) unga yakka tartibda parvarish zarurligi
to‘g‘risidagi tibbiy xulosa mavjud bo‘lganda nafaqa beriladi.
Uch yoshgacha bo‘lgan bolani yoki 16 yoshgacha bo‘lgan
nogiron bolani parvarishlashda band bo‘lgan ona kasal bo‘lib,
bolani parvarishlashga qurbi yetmay qolgan hollarda, parvarish
bilan band bo‘lgan ishlayotgan boshqa oila a’zolari yoki
qarindoshlariga (mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan)
nafaqa beriladi.
Oilaning kasal bo‘lgan a’zosiga qarash bo‘yicha vaqtincha
mehnatga layoqatsizlik varaqasi bemor birovning parvarishiga
muhtoj bo‘lgan, lekin 7 kalendar kunidan oshmagan davr uchun
beriladi. O‘n to‘rt yoshga yetmagan bemor bolaga qarash uchun
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bolaga parvarish kerak
bo‘lgan, ammo 14 kalendar kunidan oshmagan davr uchun
beriladi.
551
Nafaqa olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs vafot etgan
taqdirda vafot etganning oila a’zolariga nafaqa pensiya tayinlash
uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalar va
mehnatga layoqatsiz fuqarolarning nafaqasi miqdoridan kelib
chiqqan holda belgilanadi.
Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olish huquqiga ega
bo‘lgan oila a’zolarining barchasiga bitta umumiy nafaqa
tayinlanadi. Oila a’zosining talabiga ko‘ra uning nafaqadagi ulushi
ajratiladi va unga alohida to‘lanadi. Bunda tayinlangan nafaqaning
umumiy miqdori oluvchilarning umumiy soniga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: