Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa ni tayinlash va
to‘lash uchun belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik
varaqasi asos bo‘ladi.
Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa (shu jumladan,
homila tushgan hollarda) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik
varaqasida ko‘rsatilgan barcha davr uchun to‘lanadi. Xodim
ishdan bo‘shatilishining noto‘g‘riligi haqida nizo ketayotgan davrda
homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha ta’til berilganda, nafaqa u ishga
qayta tiklangan taqdirda beriladi. Bunda homiladorlik va tug‘ish
bo‘yicha nafaqa ayolni ishga qayta tiklash to‘g‘risida qaror
chiqqandan so‘ng, nafaqa to‘lanmagan barcha mehnatga
qobiliyatsiz kunlar uchun to‘lanadi.
Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini,
magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturani
tamomlagan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan ayollarga
ishni boshlagunga qadar homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha berilgan
mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida nafaqa ayol ishga kelishi
lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi. Ishni vaqtinchalik to‘xtatish
yoki ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘quv yurtlarida tahsil
547
bajarish uchun foydalanish mumkin emas. Xalq banki jamg‘arib
boriladigan pensiya tizimi mablag‘larining alohida hisobini yuritadi.
Jamg‘arib
boriladigan
pensiya
tizimi
mablag‘larini
ko‘paytirish hamda ularni pul qadrsizlanishidan himoya etish
maqsadida bunday mablag‘lardan investitsiya va kredit resurslari
sifatida, shuningdek‚ moliyaviy vositalarga joylashtirish uchun
foydalanilishi mumkin. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi
mablag‘laridan investitsiya va kredit resurslari sifatida foydalanish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda
Xalq banki tomonidan amalga oshiriladi. Jamg‘arib boriladigan
pensiya tizimi mablag‘larini moliyaviy vositalarga joylashtirish
tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallaridan, shaxsiy
jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘larga
hisoblab chiqarilgan foizlardan hamda bunday mablag‘lar
foydalanilishidan fuqarolar va Xalq banki oladigan boshqa
daromadlardan, jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlaridan,
shuningdek jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari
aylanmasidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar olinmaydi.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etuvchi
fuqarolar pensiya to‘lovlari oluvchi sifatida jamg‘arib boriladigan
pensiya to‘lovlarini qonun hujjatlariga muvofiq davlat pensiyasini
olish huquqi yuzaga kelgan taqdirda olish huquqiga ega. Fuqaro
vafot etgan taqdirda, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya
hisobvarag‘ida
jamg‘arilgan
mablag‘lar
qonun
hujjatlarida
belgilangan tartibda merosga o‘tadi va merosxo‘rga bir yo‘la to‘la
hajmda to‘lanadi. uqaro O‘zbekiston Respublikasi hududidan
tashqariga doimiy yashash joyiga chiqib ketayotgan bo‘lsa,
shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ida jamg‘arilgan
mablag‘lar bir yo‘la to‘la hajmda to‘lanadi.
Jamg‘arib
boriladigan
pensiya
to‘lovlari
O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari
Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi tomonidan
berilgan jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini olish huquqi
to‘g‘risidagi guvohnoma asosida bunday to‘lovlarni oluvchining
yashash joyidagi Xalq banki filiali tomonidan to‘lanadi.