544
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari oilaning har bir
mehnatga layoqatsiz a’zosiga — boquvchi o‘rtacha oylik ish
haqining 0,5 foiziga oshiriladi.
Har ikkala ota-onasini yo‘qotgan bolalarga (chin etimlarga)
tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha pensiyalarini
oshirish eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdori doirasida
har ikkala ota-onaning ish haqi umumiy miqdoridan amalga
oshiriladi. Bunda har ikkala ota-onasini yo‘qotgan bolalarga (chin
etimlarga) tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi
miqdori har ikkala ota-onaning umumiy ish staji miqdoridan kelib
chiqqan holda aniqlanadi, ya’ni pensiya tayinlash va talab
etiladigandan ortiq staj uchun pensiyani oshirish har ikkala ota-
onaning umumiy ish staji miqdori bo‘yicha amalga oshiriladi.
Agar ota-onadan birining ish staji va ish haqidan kelib
chiqqan holda hisoblangan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi
miqdori har ikkala ota-onaning umumiy ish staji va ish haqidan kelib
chiqqan holda hisoblangan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi
miqdoridan ko‘p bo‘lsa, u holda, chin yetim maqomini saqlab qolgan
holda, murojaat etganning xohishi bo‘yicha ota-onadan birining ish
staji va ish haqidan kelib chiqqan holda hisoblangan pensiyaning
eng ko‘p miqdori tayinlanadi.
O‘zbekistonda aholining ijtimoiy ta’minotini yanada yaxshilash
va pensionerlarning farovonligini qo‘shimcha mablag‘lar bilan
ta’minlash maqsadida 2004-yil 2-dekabr kuni “Fuqarolarning
jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni qabul
qilindi. Bu qonunga binoan quyidagilar belgilangan:
•
2005-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarning amaldagi
davlat pensiya ta’minoti tizimiga qo‘shimcha ravishda jamg‘arib
boriladigan pensiya tizimi joriy etildi;
•
2005-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib
boriladigan pensiya hisob raqami fuqarolarning asosiy ish joyidagi
Xalq banki filialida amalga oshiriladi;
•
fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya hisob raqamiga
majburiy har oylik badallar jismoniy shaxslarning qonun hujjatlariga
muvofiq hisoblab chiqarilgan daromad solig‘i summasidan tegishli
ravishda chiqarib tashlangan holda xodimning hisoblangan ish
haqi (daromad)ning 2018-yilda ikki (2019-yilning 1-yanvaridan
boshlab 0,1) foizi miqdorida o‘tkaziladi;
529
Dostları ilə paylaş: