532
tutilgan. Boshqacha qilib aytganda, fuqarolarning turli ehtiyojlari
ularni qondirishning o‘ziga xos bo‘lgan o‘z shakllariga egadir.
Shularga muvofiq ravishda pul mablag‘lari fondlari ham
shakllantiriladi. Bulardan ko‘rinib turibdiki, “ijtimoiy ta’minot”
tushunchasini bundan ham kengroq tarzda talqin qilish o‘zining
yyetarli darajadagi asosiga ega emas.
Bir vaqtning o‘zida, “ijtimoiy ta’minot” va “ijtimoiy sug‘urta”ni
parallel ravishda amal qiluvchi, mustaqil bir tartibli iqtisodiy
kategoriyalar sifatida talqin qiladigan, ijtimoiy ta’minotga davlat
byudjetining to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazma (transfert)lari hisobidan
amalga oshiriladigan, ijtimoiy sug‘urtaga esa faqat ijtimoiy
sug‘urta fondi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar
kiradi, deb hisoblaydigan qarashlarni asoslangan deyish mumkin
emas.
Ijtimoiy ta’minotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazma (transfert)lar
hisobidan Davlat byudjetidan, Pensiya jamg‘armasidan va ijtimoiy
sug‘urta fondidan qilinadigan xarajatlarning yo‘nalishlarida
prinsipial xarakterdagi farqlar yo‘q. Bir vaqtning o‘zida ham
to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjet ajratmalari, ham Pensiya jamg‘armasi va
Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armalari hisobidan qarilik (yoshga doir),
nogironlik, ishlagan yillari uchun, boquvchisini yo‘qotgandagi
pensiyalar, farzand tug‘ilganda, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari
to‘lanishi mumkin. Bu yerda farqlar faqat ta’minlanayotganlarning
kontingentiga nisbatan bo‘ladi, xolos. Pensiya va Ijtimoiy sug‘urta
jamg‘armalari mablag‘laridan ishchi va xizmatchilar, ilmiy
xodimlar, bevosita byudjetdan esa Ichki ishlar vazirligi, Milliy
xavfsizlik xizmati, Bojxona organlari va boshqa bir necha toifadagi
boshliqlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar ta’minlanadi.
Shuning uchun ham ijtimoiy sug‘urtani ijtimoiy ta’minotga
bog‘liq bo‘lmagan holda parallel ravishda mavjud bo‘lgan,
mustaqil kategoriya deb hisoblashga asos mavjud emas. Aksincha,
ijtimoiy sug‘urta yaxlit butunning bir qismi sifatida ijtimoiy
ta’minotga tegishli bo‘lib, uning shakllaridan biri hisoblanadi.
Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy manbalari xususida gapirilganda
ayrim iqtisodchilar ijtimoiy iste’mol fondlarini (pensiya to‘lovlarini
birga qo‘shgan holda) shakllantirishning manbaini qo‘shimcha
mahsulot, boshqalari esa ijtimoiy iste’mol fondlarini zaruriy
mahsulot bilan bog‘laydi.
541
foizidan kam bo‘lmagan miqdorda pensiyalarning bazaviy miqdorlari
belgilanadi. Pensiyani hisoblash tartibi fuqarolarning yoshiga doir
pensiyasini hisoblash kabi amalga oshiriladi. Pensiya tayinlash
uchun talab qilinadigandan ortiq ish stajining har bir to‘liq yili uchun
nogironlik pensiyalarning bazaviy miqdorlari I va II guruhlar
nogironlariga nogironlik pensiyalari — pensiyani hisoblash uchun
qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 1 foiziga oshiriladi.
Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida I va
II guruhlar nogironlariga nogironlik pensiyasining bazaviy miqdori
nogironlik bo‘yicha pensiya tayinlangan kunda qonunchilikda
nazarda tutilgan ish staji mavjud bo‘lganda oshiriladi.
Pensiya tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan
umumiy kasallik oqibatidagi I va II guruh nogironlariga nogironlik
pensiyasi bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi va uning
miqdori I guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun —
yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan hamda II guruh
nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun — yoshga doir eng kam
pensiyaning 50 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.
Nogironlik pensiyasi nogironlik belgilangan (aniqlangan) davr
mobaynida o‘rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: