26.4. Valyuta kursi va valyuta bozorlari Valyuta ayirboshlash kursi mamlakat iqtisodiyotini boshqa
mamlakatlar bilan bog‘lovchi asosiy omillardan biridir.
Bir valyutaning boshqa valyuta birligidagi bahosi valyuta
kursi deb ataladi. U mamlakat iqtisodiyotiga, hatto aholining
turmush tarziga ham ta’sir ko‘rsatadi. Buning sababi shundaki,
birinchidan, valyuta kursining o‘zgarishi mamlakat eksport
tovarlarining
raqobatbardoshlik
darajasiga
ta’sir
qiladi,
ikkinchidan, milliy valyuta almashuv kursining pasayishi import
tovarlari va xizmatlarining milliy valyutadagi bahosining oshishiga
olib keladi va shuning asosida aholi xarid quvvatiga nisbatan
salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi.
Valyuta yoki ayriboshlash kursi ma’lum bir mamlakatni tashqi
dunyo bilan bog‘lab turadi, shuningdek milliy iqtisodiyot holatini
tashqi dunyo bilan taqqoslash, xalqro iqtisodiy operatsiyalar
samaradorligini
baholash
imkonini
beradi.
Valyuta
kursi
mamlakatning joriy iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy holati va
istiqboldagi rejalari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni o‘zida
mujassam etadi. Iqtisodiyoti nisbatan ochiq mamlakatlar uchun
valyuta kursi muhim ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Chunki uning
iqtisodiyotga bevosita yoki bilvosita ta’sir etishi, valyuta kursidagi
keskin o‘zgarishlar esa, milliy iqtisodiyotda inqirozli holatlarni
yuzaga keltirishi mumkin. Xususan, valyuta kursining o‘zgarishi
mamlakatdagi umumiy talab hajmiga, narxlar darajasiga, foiz
stavkalar o‘zarishiga, mamlakat ichidagi daromadlar taqsimotiga,
va iqtisodiyotning boshqa sohalariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Valyuta kursi inflyatsiyani hisobga olishiga ko‘ra nominal va
real almashuv kurslariga bo‘linadi.
Nominal ayirboshlash kursi — bu ikki mamlakat valyutasining nisbiy bahosidir.