738
beshinchidan, mamlakatda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil
etish va rivojlantirish asosida eksport salohiyatini oshirish.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach erkin ochiq bozor
iqtisodiyotini shakllantirish, rivojlantirish va takomillashtirish uchun
zarur bo‘lgan siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va tashkiliy
asoslarni barpo etish yillari sifatida munosib tarixiy voqelikka
aylandi. Shuningdek, mamlakatimizda barqaror bank tizimi
yaratilishi bilan xalqaro moliyaviy munosabatlar ko‘lami yanada
kengayib bordi, bu holat o‘z navbatida xalqaro moliya institutlari
va
tijorat
banklari
o‘rtasida
o‘zaro
hamkorlik
aloqalari
rivojlanishiga qulay shart-sharoitlar yaratdi. Hozirgi kunda
mamlakatimiz tijorat banklari hamda xalqaro moliya institutlari
o‘rtasida bir qator samarali loyihalar amalga oshirilmoqda, bu esa
respublikamiz iqtisodiyotini taraqqiy etishida mustahkam rol
o‘ynamoqda.
Bugungi kunda xalqaro moliyaviy institutlarning amaliy
aloqalariga qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsak, ulardan Xalqaro
Valyuta Fondi (XVF), Jahon banki, Yevropa Tiklanish va
Taraqqiyot Banki (ETTB), Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) kabi yirik
moliyaviy tashkilotlar bilan juda izchil va faol ishlar olib
borilmoqda. Mazkur tashkilotlar biz tanlagan yo‘l va amalga
oshirilayotgan islohotlarning to‘g‘ri ekanligiga qat’iy ishonch hosil
qilganliklari uchun ham yaqin hamkorlik aloqalarini olib
bormoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 2-
iyulda O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro valyuta fondi
(XVF)ga a’zolik to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. O‘zbekiston
Respublikasi 1992-yil 21-sentyabrda XVFga a’zo bo‘lib kirdi
hamda Vazirlar Mahkamasining 93-F raqamli 1993-yil 27-
martdagi Farmoyishiga muvofiq respublikaning XVF imzo
kvotasiga to‘lov amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki xalqaro
moliya tashkilotlarining aloqa agentligi va avuarlar depozitariysi
hisoblanadi
va
O‘zbekiston
Respublikasining
mazkur
muassasalarga a’zoligi bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga
oshirish vakolatiga ega.
751
oshirishga (yuqori byudjetlardan byudjet ssudalari olish bundan mustasno);
v) o‘z byudjetlari xarajatlariga tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan
ortiqcha mablag‘ sarflashga (qonunda nazarda tutilgan hollar bundan
mustasno); g) byudjet mablag‘lari hisobidan boshqa shaxslar foydasiga
moliyaviy kafolatlar ka kafilliklar berishga; d) yuridik va jismoniy shaxslarga
byudjet ssudalari berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dostları ilə paylaş: