740
XVF raxbariyati va ekspertlari texnik yordam berish va
Hukumat hamda Markaziy bankda maslahatlar o‘tkazish
maqsadida bir necha bor O‘zbekiston Respublikasiga tashrif bilan
keldi.
O‘zbekiston Respublikasi va XVF tomonidan iqtisodiy va
moliyaviy masalalar bo‘yicha imzolangan Memorandumda
respublika iqtisodiyoti islohotini davom ettirish, valyuta bozorini
erkinlashtirish, xalqaro joriy operatsiyalar bo‘yicha milliy valyutani
ayirboshlash qilinishi ta’minlash uchun zarur sharoitlarni yaratish
bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro
valyuta fondi bilan hamkorlikni mustahkamlash to‘g‘risida”gi
1998-yil 18-martdagi 118-qarori bilan iqtisodiy islohotlarni
yanada rivojlantirish maqsadida valyuta va savdo tizimini
yanada erkinlashtirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishga
atroflicha yondoshishni ishlab chiquvchi ishchi guruxi tuzildi.
Uning zimmasiga tashqi savdosi tartibga keltirishni yanada
yaxshilash, birjadan tashqari valyuta bozorini mustahkamlash,
valyuta tizimini erkinlashtirish va joriy operatsiyalar bo‘yicha
milliy
valyutaning
almashtirishiga
erishish
hamda
bir
maromdagi almashinuv kursini belgilash, shuningdek‚ XVF
bilan bundan buyon hamkorlikka yondashish va uning
tamoyillari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yuklatildi.
Ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan analitik takliflarda
hozirgi vaqtda amal qilayotgan valyuta va savdo tartiblarining
o‘ziga
xos
tomonlari
ta’kidlanadi,
shuningdek,
erkinlashtirishning turli ko‘rinishlari (jadallashtirilgan va tadrijiy
erkinlashtirish) tahlili o‘tkaziladi. Bundan tashqari, hujjatda
xalqaro
tashkilotlar
tomonidan
erkinlashtirish
bo‘yicha
tadbirlarni
moliyaviy
qo‘llab-quvvatlash
imkoniyatlari
muhokama etiladi.
Shu bilan birga erkinlashtirish bo‘yicha tadbirlarni amalga
oshirish qisqa muddatlar ichida bir qator noxush vaziyatlarga,
shu jumladan, inflyatsiya o‘sishiga, pul-kredit va byudjet
tizimiga qisqa vaqtga bo‘lsa ham tazyiq o‘tishiga, shuningdek‚
ba’zi korxonalarda vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklar bo‘lishiga
olib kelishi mumkinligi ma’qullanadi.
Ularni
minimallashtirish
749
hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: