Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə273/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Konvertatsiya 
qilinmaydigan
valyutalar 
boshqa 
mamlakatlar valyutalariga ayirboshlanmaydi. Ular faqat mamlakat 
ichida milliy pul birligi sifatida foydalaniladi.
Valyuta 
kurslarini 
prognozlash 
(bashoratlash) 
– 
kelajakda yuzaga keladigan valyuta kurslarini hisoblashdir. 
Bunday hisob-kitoblarnng keng tarqalgan turi bu forvard kursini 
hisoblashdir.
Valyuta bozori – bu xorijiy valyutaga nisbatan talab va taklif 
to‘qnash keladigan bozordir
142
. Valyuta bozori pul bozorining 
tarkibiy qismi hisoblanadi. Pul bozori esa, o‘z navbatida, kapitallar 
bozori bilan birgalikda moliya bozorini tashkil etadi. 
Valyuta bozori, shuningdek, tashkiliy va tashkiliy-texnik 
nuqtayi nazardan ham qaralishi mumkin. Tashkiliy nuqtayi 
nazardan valyuta bozori talab va taklif asosida valyuta va 
valyutaviy 
qiymatliklarni 
sotib 
olish 
va 
sotish 
bo‘yicha 
operatsiyalar amalga oshiriladigan rasmiy moliyaviy markazlar 
sifatida o‘zini namoyon qiladi. Tashkiliy-texnik nuqtayi nazardan 
valyuta bozori turli mamlakatlardagi banklar va birjalarni 
bog‘lovchi zamonaviy telekommunikatsiya vositalari majmuini 
anglatadi. 
Valyuta bozorlari –
bu talab va taklif asosida turli xil 
valyutalar oldi-sotdi qilinadigan rasmiy markazlardir. Ya’ni, valyuta 
bozori – bu chet el valyutasini oldi-sotdisini va chet el 
valyutasidagi qimmatbaho qog‘ozlarni, hamda valyutaviy kapitalni 
investitsiya qilish munosabatlarini amalga oshiruvchi iqtisodiy 
munosabatlarni namoyon qiluvchi markaz hisoblanadi.Valyuta 
bozori moliya bozorining muhim va asosiy qismini tashkil qiladi.
Valyuta bozorlaridagi operatsiyalarning asosi bo‘lib, tashqi 
savdo bo‘yicha xalqaro hisob-kitoblar, xalqaro turizm, kapitallar va 
kreditlarning davlatlararo harakati hamda chet el valyutasini oldi-
sotdi qilish bilan bog‘liq boshqa hisob-kitob operatsiyalari 
hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, milliy iqtisodiyotni faqat 
shu mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan barcha 
ehtiyojlarni qondirib bo‘lmaydi. Demak, mamlakatlar o‘rtasida 
eksport-import operatsiyalari albatta amalga oshishi yuz beradi.
Hozirgi 
zamon 
valyuta 
bozorlarining 
o‘ziga 
xos 
xususiyatlaridan biri shundaki, ular zamonaviy elektron aloqalar 
142
Simionov Yu.F., Nosko B.P. Valyutnie otnosheniya: Uchebnoe posobie.– Rostov n/D: Feniks, 2001. – 
320 s.


722 
orqali bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Turli mamlakatlarda 
joylashgan xalqaro valyuta bozorlari valyutalarni oldi-sotdi qilish 
jarayonida bir-biriga nisbatan doimiy ta’sirda bo‘ladi. Jahon 
valyuta bozorlari asosan valyutaviy cheklashlar bo‘lmagan yoki 
zaif tarzda mavjud bo‘lgan mamlakatlarda joylashgan. 
Valyuta bozorlarining, asosan, 3 turini ko‘rsatish mumkin, 
ular milliy, hududiy va jahon valyuta bozorlaridir.
Valyuta bozorida sotib oluvchi sifatida - talab va sotuvchi 
sifatida - taklif, bir-biri bilan uchrashadi. Sotib oluvchi yoki 
sotuvchi sifatida qatnashayotgan har qanday iqtisodiy subyekt, 
ya’ni davlat, xo‘jalik subyekti yoki fuqaro o‘zining moliyaviy 
qiziqishlariga ega bo‘ladi. Bu moliyaviy qiziqishlar bir-biri bilan 
mos kelishi ham, mos kelmasi ham mumkin. Manfaatlar bir-biri 
bilan mos kelgan taqdirda, valyuta qimmatliklarini oldi-sotdisi 
haqida bitim tuziladi. Shuning uchun, valyuta bozori valyuta 
qimmatliklarini sotuvchi va xaridorning qiziqishlarini namoyon 
qiluvchi o‘ziga xos iqtisodiy instrument hisoblanadi.
Funktsional nuqtayi nazardan
qaraganda, valyuta bozorlari 
o‘z 
vaqtida 
xalqaro 
hisob-kitoblarni, 
valyuta 
risklarini 
sug‘urtalashni, valyuta zaxiralarini diversifikatsiyalashni, valyuta 
interventsiyasini amalga oshiradigan va valyuta bozorida 
qatnashuvchilarning kurslari o‘rtasidagi farq natijasida keladigan 
daromadni o‘zida namoyon qiladi.
Institutsional nuqtayi nazardan
qaraganda, valyuta bozorlari 
vakolatli banklarning, investitsion kompaniyalarning, birjalar, 
brokerlik 
idoralari, 
chet 
el 
banklari 
tomonidan 
amalga 
oshiriladigan valyuta operatsiyalarini o‘zida namoyon qiladi. 
Tashkiliy-texnik nuqtayi nazardan qaraganda, valyuta bozori 
jahonning turli mamlakatlari bilan xalqaro hisob-kitoblar va 
boshqa valyuta operatsiyalarini bir-birini o‘zaro bog‘lovchi telegraf, 
telefon, 
teleks, 
elektron 
aloqa 
vositalari 
va 
shu 
kabi 
kommunikatsiya tizimlari yig‘indisini o‘zida namoyon qiladi.
Valyuta bozorida sotuvchi va xaridor o‘rtasida chet el 
valyutasini oldi-sotdi qilishda dallol bo‘lib, faqatgina 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin