722
orqali bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Turli mamlakatlarda
joylashgan xalqaro valyuta bozorlari valyutalarni oldi-sotdi qilish
jarayonida bir-biriga nisbatan doimiy ta’sirda bo‘ladi. Jahon
valyuta bozorlari asosan valyutaviy cheklashlar bo‘lmagan yoki
zaif tarzda mavjud bo‘lgan mamlakatlarda joylashgan.
Valyuta bozorlarining, asosan, 3 turini ko‘rsatish mumkin,
ular milliy, hududiy va jahon valyuta bozorlaridir.
Valyuta bozorida sotib oluvchi sifatida - talab va sotuvchi
sifatida - taklif, bir-biri bilan uchrashadi. Sotib oluvchi yoki
sotuvchi sifatida qatnashayotgan har qanday iqtisodiy subyekt,
ya’ni davlat, xo‘jalik subyekti yoki fuqaro o‘zining moliyaviy
qiziqishlariga ega bo‘ladi. Bu moliyaviy qiziqishlar bir-biri bilan
mos kelishi ham, mos kelmasi ham mumkin. Manfaatlar bir-biri
bilan mos kelgan taqdirda, valyuta qimmatliklarini oldi-sotdisi
haqida bitim tuziladi. Shuning uchun, valyuta bozori valyuta
qimmatliklarini sotuvchi va xaridorning qiziqishlarini namoyon
qiluvchi o‘ziga xos iqtisodiy instrument hisoblanadi.
Funktsional nuqtayi nazardan
qaraganda, valyuta bozorlari
o‘z
vaqtida
xalqaro
hisob-kitoblarni,
valyuta
risklarini
sug‘urtalashni, valyuta zaxiralarini diversifikatsiyalashni, valyuta
interventsiyasini amalga oshiradigan va valyuta bozorida
qatnashuvchilarning kurslari o‘rtasidagi farq natijasida keladigan
daromadni o‘zida namoyon qiladi.
Institutsional nuqtayi nazardan
qaraganda, valyuta bozorlari
vakolatli banklarning, investitsion kompaniyalarning, birjalar,
brokerlik
idoralari,
chet
el
banklari
tomonidan
amalga
oshiriladigan valyuta operatsiyalarini o‘zida namoyon qiladi.
Tashkiliy-texnik nuqtayi nazardan qaraganda, valyuta bozori
jahonning turli mamlakatlari bilan xalqaro hisob-kitoblar va
boshqa valyuta operatsiyalarini bir-birini o‘zaro bog‘lovchi telegraf,
telefon,
teleks,
elektron
aloqa
vositalari
va
shu
kabi
kommunikatsiya tizimlari yig‘indisini o‘zida namoyon qiladi.
Valyuta bozorida sotuvchi va xaridor o‘rtasida chet el
valyutasini oldi-sotdi qilishda dallol bo‘lib, faqatgina
Dostları ilə paylaş: