Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Real  ayirboshlash kursi



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə270/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Real 
ayirboshlash kursi
— bu ikkita mamlakatda ishlab chiqarilgan 
tovarlarning nisbiy bahosi. Real ayirboshlash kursi nominal kurs 
709 
Ushbu bog‘liqlik asosida xalqaro moliya munosabatlari yuzaga 
keladi.
Xalqaro moliya munosabatlari bu xalqaro moliya bozori 
ishtirokchisi bo‘lgan shaxsning qaroriga muvofiq tarzda o‘ziga 
tegishli 
bo‘lgan 
xorijiy 
valyutalarning 
harakat 
jarayonini 
tavsiflovchi fundamental iqtisodiy kategoriyadir. 
1970-yillarda xalqaro moliya tizimida sezilarli o‘zgarishlar 
sodir bo‘ldi va mazkur o‘zgarishlar ta’sirida zamonaviy jahon 
valyuta-moliya tizimi shakllana boshladi. Jahon moliya tizimidagi 
o‘zgarishlar va xalqaro moliya munosabatlarining rivojlanishi ko‘p 
jihatdan trasmilliy korporatsiyalar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, ular 
tomonidan butun dunyo bo‘ylab ishlab chiqarish tarmoqlarini 
vujudga 
keltirish 
hamda 
barcha 
resurslardan 
samarali 
foydalanishga qaratilgan global strategiya amalga oshirildi. 
Shuningdek, 
xalqaro 
moliya 
munosabatlari 
rivojlanishida 
moliyaviy jihatdan barqaror hamda ko‘p sonli xorijiy filiallarga ega 
bo‘lgan transmilliy banklar muhim rol o‘ynadi.
Xalqaro kreditlashdan foydalanish xususiyatining o‘zgarishi 
bilan bog‘liq ravishda xalqaro kredit bozori hajmi keskin ortib 
bordi. Uning oxirgi yo‘nalishi nafaqat xalqaro ayriboshlash sohasi 
(mahsulotlar, xizmatlar va boshq.) balki, ishlab chiqarish sohasi 
ham bo‘ldi. Bu holat, birmuncha yirik kreditlarni uzoq muddatlarga 
jalb etishni, shuningdek, moliya-kredit xizmatlari majmuasini 
rivojlantirishni talab etardi. 1970-yillarda xalqaro kreditni to‘lov 
balansining taqchilligini bevosita yoki bilvosita moliyalashtirish 
uchun foydalana boshladilar. Xususiy firmalar bilan bir qatorda 
yirik qarzdorlar sifatida hukumatlar, davlat tashkilotlari va 
korxonalar, xalqaro kredit tashkilotlari yuzaga keldi.
Ushbu 
davrda 
neft 
import 
qiluvchi 
rivojlangan 
va 
rivojlanayotgan mamlakatlar to‘lov balanslari jami taqchilligining 
qariyb 60% xalqaro kapital bozorlari hisobiga moliyalashtirildi. 
Xalqaro kredit hajmining oshishi nafaqat evrokreditlarning o‘sishi 
hisobiga balki, xorijiy kreditlash bozorlari kengayishi hisobiga 
sodir bo‘ldi. Yaponiya milliy valyutasi “iena” hisobiga xorijiy 
kreditlar bozori hajmining oshishi natijasida Tokioda ienadagi 
xorijiy obligatsiyalar emissiyasi hajmi keskin ortdi. Mazkur holat 
natijasida Yaponiya ienasi yevrovalyuta bozorida keng qo‘llanila 
boshlandi.


710 
1970-yillarda xalqaro kapital bozori kengayishiga bir qator 
omillar ta’sir ko‘rsatdi va natijada xalqaro resurslar aylanishi va 
likvidligi oshib bordi. Ushbu davrda jahon iqtisodiyoti ikkita neft 
inqirozini boshdan kechirdi va neft narxining birdaniga keskin 
o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Mazkur holat natijasida neft eksport 
qiluvchi mamlakatlarda yirik valyuta ortiqchaligi, neft import 
qiluvchilarda esa, jumladan ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda 
joriy hisoblar bo‘yicha taqchillik yuzaga keldi. Bu taqchillik asosan 
retsipient-mamlakatlarga 
xalqaro 
banklar, 
evroobligatsiyalar 
bozori orqali tushgan neftedollarlar hisobiga qoplandi.
Jahon iqtisodiyotida ro‘y bergan boshqa muhim o‘zgarishlar 
ham xaqaro moliya munosabatlari rivojlanishiga ijobiy va salbiy 
jihatdan sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi. Ushbu o‘zgarishlar 
jumlasiga, jahon va hududiy valyuta tizimlaridagi o‘zgarishlar, 
valyuta tizimi tamoyillarining o‘zgarishi, qarzdorlik inqirozlari, 
mamlakatlar tomonidan iqtisodiy integratsion birlashmalarning 
tuzilishi, xalqaro va mintaqaviy moliya tashkilotlarining vujudga 
kelishi, 
transmilliy 
korporatsiya 
va 
banklar 
faoliyatining 
kengayishi, jahonda ro‘y bergan moliyaviy-iqtisodiy inqirozlarni 
kiritish mumkin. 
26.2.1-rasm.

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin